Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining vazifalari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

2-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining vazifalari 
6. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
shaxsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar 
yaratish; 
barkamol, jismonan va ma‟naviy sog„lom shaxsni voyaga yetkazish, o„quvchilarda 
madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish; 
davlat ta‟lim standartlari asosida sifatli ta‟lim olish, shu jumladan, kasbga yo„naltirish, 
bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli bolalarni taqdirlash va 
qo„llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning psixofiziologik yosh xususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, hayoti va 
sog„lig„i muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda davolash-sog„lomlashtirish 
tadbirlarini o„tkazishni ta‟minlash. 
3-bob. Ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalarini tashkil etish tartibi
7. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi va hududiy tegishlilik bo„yicha 
Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro„yxatga olinadi. 
8. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi 
bilan kelishilgan holda hududiy xalq ta‟limi va sog„liqni saqlash boshqarmalari tomonidan 
hududdagi alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan, maxsus sharoitlarda ta‟lim-tarbiya olishga muhtoj 
bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o„rganib chiqish yakunlari bo„yicha tashkil etiladi. 
Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi 
vazirligi Sog„liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud 
joylarda ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarini tashkil etish to„g„risida asoslangan taklif bilan 
murojaat qiladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari tashkil etish to„g„risidagi takliflar ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 
yoshgacha bolalar o„rtasida tegishli kasalliklarning ko„payganligini ko„rsatadigan sog„liqni saqlash 
organlarining rasmiy statistika ma‟lumotlari bilan asoslanishi kerak. 
9. Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini tashkil etish to„g„risidagi taklifni 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya 
boshqarmalariga, shuningdek, Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligiga, viloyatlar 
xalq ta‟limi boshqarmalariga, Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh boshqarmasiga bir oy muddatda 
o„rganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan namunaviy binoni ajratish yoxud 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini tashkil etishda qo„yiladigan normativ talablarni hisobga 
olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo„yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash 
to„g„risida topshiriq beradi. 
10. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi tashkil etish to„g„risidagi qaror Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq 
ta‟limi bosh boshqarmasi va Qoraqalpog„iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va 


Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo„lgan taqdirda, 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 
tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi. 
11. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi 
turlarga bo„linadi: 
skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar; 
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi bo„lgan guruh bolalari uchun 
sanatoriy turidagi maktab-internatlar. 
12. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quvchilarning eng ko„p soni 250 nafardan 
oshmasligi kerak. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə