Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

2-bob. O„quvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish 
5. O„quvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga 
muhtoj o„quvchini o„quv yili davomida yoki u tugaganidan so„ng davolash-profilaktika 
muassasasiga vaqtinchalik o„tkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. 


6. O„quvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish uchun 
uning ota-onasi o„tkazish sabablarini, davolash-profilaktika muassasasi nomini ko„rsatgan holda 
maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi. 
Arizaga bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko„chirma hamda tibbiyot muassasasi 
davolovchi vrachining o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish zarurligi 
to„g„risidagi xulosasi ilova qilinadi. 
7. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan 
holda o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish choralarini ko„rishi lozim: 
maktab-internat tibbiyot xodimi tomonidan o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga 
o„tkazish to„g„risida tavsiya berilganda; 
tibbiy ko„rik paytida o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar 
aniqlanib, uni statsionar sharoitda davolash lozim deb topilganda. 
8. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning 
pedagogik kengashi tomonidan ko„rib chiqiladi. Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-
internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga ko„ra quyidagi hujjatlarni 
taqdim etadi: 
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko„chirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi 
vrachining o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish zarurligi to„g„risidagi xulosasi
maktab-internat tibbiyot xodimining o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga 
o„tkazish to„g„risidagi tavsiyanomasi; 
o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar aniqlanganligi haqida 
tibbiy ko„rikdan o„tkazgan vrachning xulosasi. 
9. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko„rib 
chiqiladi. 
10. O„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilish uchun ota-onalar yoki 
maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi; 
maktab-internat tomonidan berilgan o„quvchi ta‟lim olayotgan sinf ko„rsatilgan 
ma‟lumotnoma; 
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma. 
11. O„quvchi davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilingach, unga kasallik tarixi 
ochiladi hamda shu kun o„quvchi davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazilgan kun hisoblanadi. 
Davolash-profilaktika muassasasi shu kunning o„zida o„quvchining ota-onasiga va maktab-
internatga o„quvchining davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilinganligi to„g„risida 
ma‟lumotnoma taqdim etadi. 
12. O„quvchining davolash-profilaktika muassasasidagi davolanish muddati tugaganidan 
so„ng uning ota-onasiga yoki maktab-internatga davolash-profilaktika muassasasi rahbari 
tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan sinf jurnalidan ko„chirilgan baholash 
qaydnomasi hamda o„quvchining davolash-profilaktika muassasasida davolanganligi to„g„risida 
ma‟lumotnoma beriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə