Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


Alohida ta‟lim ehtiyoji bo„lgan o„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

Alohida ta‟lim ehtiyoji bo„lgan o„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan 
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni 
rivojlantirish agentligi muassasasiga o„tkazish
TARTIBI
Mazkur Tartib alohida ta‟lim ehtiyoji bo„lgan o„quvchilarni (keyingi o„rinlarda — 
o„quvchilar) jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar (shaxslar) uchun 
davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o„rinlarda — 
maktab-internat)dan O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy 
xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasiga o„tkazishni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi: 
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi muassasasi (keyingi o„rinlarda — 
davolash-profilaktika muassasasi) — ruhiy va asab tizimi kasalliklari va ularning asoratlari, sil 
kasalligining barcha turlari va davrlarida davolanish uchun mo„ljallangan shifoxonalar hamda 
barcha turdagi bolalar sanatoriylari; 
O„zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasi 
(keyingi o„rinlarda — “Muruvvat” internat uyi) — O„zbekiston Respublikasida doimiy 
yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo„lgan, 4 yoshdan 18 
yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi. 
2. O„quvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat” 
internat uyiga o„tkazish maktab-internat pedagogik kengashining qaroriga asosan, hududiy xalq 
ta‟limi boshqarmalari huzuridagi bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-
internatlarga) yuborish bo„yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi o„rinlarda — 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya) xulosasiga ko„ra, o„quvchining ota-onasi yoki ularning 
o„rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o„rinlarda — ota-onalar) roziligi bilan amalga oshiriladi.
3. Maktab-internat rahbariyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida 
o„qishga layoqati bo„lmagan o„quvchilarni davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat” 
internat uyiga joylashtirishga ko„maklashishi shart. 
4. O„quvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga hamda 
“Muruvvat” internat uyiga o„tkazish bepul amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə