Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

4-bob. Yakunlovchi qoida 
21. Mazkur Tartib talablarining buzilishida aybdor bo„lgan shaxslar qonun hujjatlariga 
muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son 
qaroriga
3-ILOVA 
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalari to„g„risida
NIZOM 
1-bob Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom alohida sharoitlarda davolanish va sog„lomlashtirishga, ta‟lim va tarbiya 
olishga muhtoj bolalar huquqlarini ta‟minlashga yo„naltirilgan hamda sanatoriy turidagi 
ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalarining (keyingi o„rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalari) faoliyatini tartibga soladi.
2. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi
 
Konstitutsiyasi 
va qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa 
qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, o„z ustaviga amal qiladi. 


3. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari o„quv-tarbiya, davolash-sog„lomlashtirish 
muassasalari hisoblanadi va davolanish, sog„lomlashtirishga muhtoj bolalarga ularning bilim olish 
imkoniyatlariga muvofiq ravishda umumiy o„rta ma‟lumotga ega bo„lish va tarbiya olishida yordam 
ko„rsatish maqsadida tashkil etiladi. 
4. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs 
hisoblanadi, o„z ustaviga, g„aznachilik bo„limlarida shaxsiy hisob raqamlariga, O„zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o„z nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, 
blankalarga ega bo„ladi. 
5. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli 
davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə