Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

3-bob. O„quvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish
13. O„quvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati maktab-internatda ta‟lim 
olishga layoqatsiz, ruhiyatida sezilarli nuqsonlar mavjud bo„lgan, doimiy tibbiy-ijtimoiy yordamga 
muhtoj (etiologiyasi har xil bo„lgan o„rtacha darajadagi aqliy zaiflik (og„irlashgan shakli), og„ir va 
chuqur darajadagi aqliy zaiflik va hokazo) nogiron o„quvchilarni maktab-internatdan “Muruvvat” 
internat uyiga o„tkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega. 
14. O„quvchini maktab-internatdan “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish uchun uning ota-
onasi o„tkazish sabablarini, “Muruvvat” internat uyi nomini ko„rsatgan holda maktab-internat 
direktoriga ariza bilan murojaat qiladi. 
Arizaga bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko„chirma hamda tibbiyot muassasasi 
davolovchi vrachining o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish zarurligi to„g„risidagi 
xulosasi ilova qilinadi. 


15. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan 
holda o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish choralarini ko„rishi lozim: 
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlari tomonidan muassasa rahbariyatiga 
o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish to„g„risida tavsiya berilganda; 
tibbiy ko„rik paytida o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar 
aniqlanib, uni “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish lozim deb topilganda. 
16. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning 
pedagogik kengashi tomonidan ko„rib chiqiladi.
Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik 
komissiyaga tegishliligiga ko„ra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko„chirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi 
shifokorining o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish zarurligi to„g„risidagi xulosasi; 
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlarining o„quvchini “Muruvvat” internat 
uyiga o„tkazish to„g„risidagi tavsiyanomasi; 
o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar aniqlanganligi haqida 
tibbiy ko„rikdan o„tkazgan vrachning xulosasi. 
17. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko„rib 
chiqiladi. 
18. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga 
o„tkazish to„g„risidagi xulosasiga muvofiq o„quvchi ta‟lim olayotgan maktab-internat direktori 
o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida buyruq qabul qiladi. 
19. O„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida buyruq 
chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi. 
20. “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish uchun maktab-internat o„quvchilari safidan 
chiqarilgan o„quvchining ota-onasiga maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar 
taqdim etiladi: 
o„quvchining maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarilganligi to„g„risidagi buyruqdan 
ko„chirma; 
o„quvchining baholar (o„zlashtirish) tabeli; 
o„quvchining tibbiy kartasi; 
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə