Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga qabul qilish tartibi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

4-bob. O„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga qabul qilish tartibi
13. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda: 
I — IV daraja skolioz bilan kasallangan; 
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida shart-
sharoitlarda davolash va sog„lomlashtirishga muhtoj bo„lgan maktab yoshidagi bolalar qabul 
qilinadi. 
14. Bolalarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga yuborish Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq 
ta‟limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi 
o„rinlarda — komissiya) xulosasiga ko„ra, ota-onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar 
roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Komissiya yo„llanmasi bolalarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga qabul qilinishiga 
asos hisoblanadi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga boshqa viloyat hududidan kelib o„qish istagini 
bildirgan bolalar bolani qabul qilayotgan ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi joylashgan hududning 
Komissiyasi yo„llanmasiga asosan qabul qilinadi. 
15. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga bolalar 7 yoshga to„ladigan yilda qabul qilinadi. 
16. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yo„llangan har bir bolaga ota-onalari yoki 
ularning o„rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramog„idan mahrum 
bo„lgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig„majildi 
shakllantiriladi va taqdim etiladi.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig„majildida quyidagi hujjatlar bo„ladi: 
ota-onalari yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslarning arizasi; 
Komissiya xulosaci; 
tug„ilganlik to„g„risidagi guvohnomaning nusxasi; 
ta‟lim olganligi to„g„risidagi hujjatlar (ta‟lim muassasalarida o„qiyotgan bolalar uchun); 
o„qish joyidan ta‟limning muddati, o„quv fanlarini o„zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga 
yakka tartibda ko„mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks 
ettirilgan ma‟lumotnoma va tavsifnoma (ta‟lim muassasalarida o„qiyotgan bolalar uchun); 
bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi 
tarixidan mufassal ko„chirma: 
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to„g„risidagi xulosasi; 
psixonevrologning tibbiy tashxis bilan asoslangan va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi 
bilan xulosasi; 
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi 
organlarning holatiga tavsifi bilan xulosasi; 
oftalmologning ko„rish organiga tavsifi bilan xulosasi; 
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo„lgan, skoliozga 
chalingan bolalar uchun); 
vrach-ftiziatrning xulosasi (tuberkulez va nafas olish organlarining surunkali kasallanishi 
xavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun); 


17. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yo„llangan chin yetim va ota-onasining 
qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig„majildida 
16-bandda 
ko„rsatilgan 
hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham bo„lishi kerak: 
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy (homiy) tayinlash yoki uni ta‟lim muassasasiga 
joylashtirish haqidagi qarori nusxasi; 
ota-onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma‟lumotlar (ota-onalarning 
pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, sudning hukmi yoki qarori, 
ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yo„qligi yoki 
ularning o„z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi hujjatlar); 
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo„lsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun 
amalga oshirilgan choralar va bunga mas‟ul shaxslar to„g„risidagi ma‟lumotlar ko„rsatilgan mulk 
ro„yxati; 
bolaga turar joy biriktirilganligi to„g„risidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turar joy 
chizmasi nusxalari, turar joyning egasi va xususiylashtirilganligi holati to„g„risida tuman (shahar) 
yer resurslari va davlat kadastri bo„limidan ma‟lumotnoma); 
pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi 
sud qarori, omonat daftarchasi. 
18. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta 
va undan ko„p yetishmovchilik bo„lgan bolalar) qabul qilinmaydi. 
19. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi: 
aqli zaif bolalar; 
xulq-atvorida og„ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo„lgan 
bolalar; 
yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar; 
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo„lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va 
o„z-o„ziga xizmat ko„rsata olmaydigan bolalar; 
ko„r-kar-soqov bolalar; 
tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, 
kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog„i tez-tez takrorlanadigan) bolalar; 
markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan 
bolalar. 
20. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori o„quvchilarning qabul qilinishi uchun 
belgilangan tartibda shaxsan javob beradi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə