Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchini maktab-internatdan inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun maktabga



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

5-bob. O„quvchini maktab-internatdan inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun maktabga 
o„tkazish
35. O„quvchining jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni yengil darajada bo„lib 
(psixik rivojlanishning orqada qolishi, yengil darajadagi aqli zaiflik, zaif eshituvchi, zaif ko„ruvchi, 
bolalar tserebral falaji va boshqalar), uning ta‟lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib 
berilgan taqdirda, maktab-internatdan inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun maktabga o„tkazilishi 
mumkin. 
36. Ota-onalar o„z xohishiga ko„ra o„quv yili davomida yoki u tugaganidan so„ng 
farzandini maktab-internatdan inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun maktabga o„tkazish huquqiga 
ega. 
37. Ota-onalar farzandini maktab-internatdan maktabga o„tkazish uchun uning sabablarini 
ko„rsatgan holda xalq ta‟limi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi. 
38. Ariza psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko„rib chiqiladi. 
39. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasi olingach, xalq ta‟limi 
boshqarmasi tomonidan shu kunning o„zida o„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga 
taqdim etish uchun o„quvchini maktabga o„tkazish to„g„risida yo„llanma beriladi. Yo„llanma 
berilganligi haqida o„quvchi ta‟lim olayotgan maktab-internatga xat orqali ma‟lum qilinadi. 
40. O„quvchi ta‟lim olayotgan maktab-internat direktori xalq ta‟limi boshqarmasi 
tomonidan yuborilgan xatni olgach, shu kunning o„zida o„quvchini maktab-internat o„quvchilari 
safidan chiqarish to„g„risida buyruq qabul qiladi. 
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to„g„risida 
imzo qo„ydirib, ularga mazkur Tartibning
18-bandida 
belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va 
hujjatlar berilganligi to„g„risida tilxat oladi.
41. Ota-onalar xalq ta‟limi boshqarmasi tomonidan berilgan o„quvchini boshqa turdagi 
maktab-internatga o„tkazish to„g„risidagi yo„llanmani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning 
xulosasi hamda mazkur Tartibning 
18-bandida 
belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda o„qishni 
davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taqdim qiladi. Maktab direktori shu kunning 
o„zida o„quvchini maktab o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqaradi. 
42. Maktab direktori o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish 
to„g„risidagi buyruqdan ko„chirmani bir ish kuni ichida o„quvchi ilgari ta‟lim olgan maktab-
internatga ma‟lumot uchun yuboradi. 
43. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq ta‟limi boshqarmasining 
o„quvchini maktabga o„tkazish to„g„risida yo„llanma berilganligi haqidagi xati va o„qishni davom 
ettirish uchun tanlangan maktab direktorining o„quvchining o„qishga qabul qilinganligi to„g„risidagi 
buyrug„idan ko„chirma o„quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar 
yig„majildiga tikib qo„yiladi. 


44. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori maktab-internatdan 
o„tkazilayotgan o„quvchining o„quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta‟minlash uchun 
barcha zarur choralarni ko„rishi shart. 
45. Maktab-internat direktorining o„quvchilar safidan chiqarish to„g„risidagi buyrug„i 
hamda maktab direktorining o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish 
to„g„risidagi buyrug„i chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o„quvchilar harakati daftariga 
tegishli yozuv kiritiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə