Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchini sinfdan sinfga o„tkazish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

2-bob. O„quvchini sinfdan sinfga o„tkazish 
5. O„quvchining ota-onasi yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o„rinlarda — 
ota-onalar) o„z xohishiga ko„ra o„quv yili davomida yoki u tugaganidan so„ng farzandini sinfdan 
sinfga o„tkazish huquqiga ega. 
6. Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o„tkazish uchun uning sabablarini ko„rsatgan holda 
maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. 
7. Maktab-internat direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida 
ko„rib chiqadi va o„quvchini sinfdan sinfga o„tkazish to„g„risida buyruq qabul qiladi. 
8. Sinfdagi o„quvchilar soni belgilangan me‟yordan ortiq bo„lgan taqdirda, maktab-internat 
direktori o„quvchini sinfdan sinfga o„tkazishni rad qilishi mumkin. 
9. Sinfdan sinfga o„tkazish rad etilganligi haqida maktab-internat direktori tomonidan uch 
kun ichida ota-onalarga yozma ravishda ma‟lum qilinadi. 
10. Maktab-internat direktorining o„quvchini sinfdan sinfga o„tkazish to„g„risidagi 
buyrug„i qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv 
kiritiladi. 
11. O„z sinfdoshlariga nisbatan uch va undan ortiq katta yosh farqi bo„lgan psixik 
rivojlanishi sust yoki aqli zaif bolalar bir sinfda kamida ikki chorak ta‟lim olgach, ularning bilim, 
ko„nikma va malaka darajasini inobatga olgan holda maktab-internatning tibbiyot va pedagog 
xodimlari xulosasi asosida pedagogik kengash qarori bilan faqat bir sinf yuqoriga ko„chirilishi 
mumkin. 
3-bob. O„quvchini bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o„tkazish 
12. Ota-onalar o„z xohishiga ko„ra o„quv yili davomida yoki u tugaganidan so„ng 
farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o„tkazish huquqiga ega. 
13. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga 
o„tkazish uchun uning sabablarini ko„rsatgan holda o„quvchi ta‟lim olayotgan maktab-internat 
direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. 
14. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko„rib chiqiladi va 
o„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun maktab-internatdan 
belgilangan shakldagi ketish taloni beriladi. 
15. Ota-onalar farzandi o„qishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab-internat 
direktoriga o„qishga qabul qilish to„g„risida ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga maktab-internatdan 
ketish taloni ilova qilinadi. 
16. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori ariza va maktab-
internatdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning o„zida ota-onalarga o„quvchi ta‟lim 
olayotgan maktab-internatga taqdim etish uchun maktab-internatga belgilangan shakldagi kelish 
talonini beradi. 
17. O„quvchi ta‟lim olayotgan maktab-internat direktori maktab-internatga kelish talonini 
qabul qilib olgach, shu kunning o„zida o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish 
to„g„risida buyruq qabul qiladi. 
18. Maktab-internat direktori o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish 
to„g„risidagi buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to„g„risida imzo qo„ydirib, ularga quyidagi 
hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to„g„risida tilxat oladi:


o„quvchining maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarilganligi to„g„risidagi buyruqdan 
ko„chirma; 
o„quvchining baholar (o„zlashtirish) tabeli; 
o„quvchining tibbiy kartasi; 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari, 
Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh boshqarmasi (keyingi o„rinlarda — xalq ta‟limi boshqarmalari) 
huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi o„rinlarda — 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya) o„quvchini maktab-internatga yuborish uchun asos bo„lgan 
xulosasi; 
xalq ta‟limi boshqarmasining o„quvchini maktab-internatga yuborish to„g„risidagi 
yo„llanmasi. 
19. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, maktab-internatga kelish taloni va 
o„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o„quvchining o„qishga qabul 
qilinganligi to„g„risidagi buyrug„idan ko„chirma o„quvchining maktab-internatda saqlanadigan 
shaxsiy hujjatlar yig„majildiga tikib qo„yiladi. 
20. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-
internatdan o„tkazilayotgan o„quvchining o„quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta‟minlash 
uchun barcha zarur choralarni ko„rishi shart. 
21. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori mazkur Tartibning 
18-bandida 
belgilangan hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning o„zida o„quvchini maktab-
internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqaradi. 
22. Maktab-internat direktori o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish 
to„g„risidagi buyruqdan ko„chirmani bir ish kuni ichida o„quvchi ilgari ta‟lim olgan maktab-
internatga ma‟lumot uchun yuboradi. 
23. O„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida yoki maktab-
internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali 
va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə