Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini boshqarish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

8-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini boshqarish 
69. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish vazirlik bilan kelishgan 
holda hududiy xalq ta‟limi boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi 
tuziladi. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori bilan mehnat shartnomasi har yili yangidan 
tuziladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori lavozimiga vazirlik hamda O„zbekiston 
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan malakaviy talablar 
qo„yiladi. 
70. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida pedagogik, metodik hamda kuzatuv kengashlari 
tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi. 
9-bob. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining mol-mulki va moliyaviy-xo„jalik faoliyati
71. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda 
belgilangan tartibda: 
O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag„lar; 


jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 
72. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari tegishli moliya organlarida ro„yxatdan 
o„tkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari 
asosida moliyalashtiriladi. 
73. Shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga 
muvofiq tasdiqlanadi. 
74. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi ishchi-xodimlarining ish haqi qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
75. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari o„quvchilari ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari iste‟mol qilishning o„rtacha sutkalik normalari 
bo„yicha O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag„lari hisobiga oziq-ovqat bilan 
ta‟minlanadi. 
76. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quvchilarni ta‟minlash va o„qitish 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ta‟minoti asosida amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quvchilarni o„qitish va tarbiyalash uchun ota-
onalardan yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslardan to„lov undirilmaydi. 
77. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan 
moliya va statistika hisobotlarini yuritadi. 
78. Moliya-xo„jalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə