Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchilarga uyda yakka tartibda ta‟lim berish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

4-bob. O„quvchilarga uyda yakka tartibda ta‟lim berish 
18. O„quvchiga O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
o„quv rejasi asosida ta‟lim-tarbiya beriladi.
O„quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1 — 4-sinflar uchun 8 soat, 5 — 9-sinflar uchun 
10 soatni, 10-11-sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.
19. Dars jadvali maktab tomonidan o„quvchining sog„lig„i holatini inobatga olib, ota-
onalar bilan kelishgan holda mazkur Nizomga 
3-ilovaga 
muvofiq shaklda ishlab chiqiladi hamda 
maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi. 
20. O„quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq 
o„quv rejasida ko„rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga 
o„zgartirishga yo„l qo„yiladi.


Bunday o„zgartirish maktab direktorining buyrug„iga muvofiq o„quv rejasidagi bitta fanni 
boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
21. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo„lgan o„quvchilarga uyda yakka tartibda ta‟lim 
berish maktabning o„quv dasturi, psixik rivojlanishida nuqsoni bo„lgan o„quvchilarga uyda yakka 
tartibda ta‟lim berish esa — aqli zaif bolalar uchun jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari 
bo„lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining o„quv dasturi asosida 
tashkil etiladi.
22. Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo„lgan o„quvchilar uchun 
45 daqiqa, psixik rivojlanishida nuqsoni bo„lgan o„quvchilar uchun 40 daqiqadan iborat bo„ladi. 
Dars mashg„ulotlarida o„quvchining olgan baholari ushbu Nizomga 
4-ilovada 
keltirilgan 
shaklga muvofiq har bir fan bo„yicha alohida yuritiladigan baholash daftariga qayd etib boriladi.
O„quvchining baholash daftariga qo„yilgan baholar o„quvchi ro„yxatda turgan maktabning 
sinf jurnaliga yoki o„quvchilarning davomati va o„zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga 
kiritib boriladi. 
23. Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o„qituvchilar tomonidan dars mashg„ulotlari 
o„tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo„yiladi.
O„quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg„ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana 
va mavzuga to„g„ri kelmasligi mumkin.
24. O„quvchi og„ir miya jarohatlari, bosh miyada bo„lgan jarrohlik operatsiyalari
shuningdek, kasalligi zo„raygan davrda yoki o„quvchining ta‟lim olishiga to„sqinlik qiladigan 
boshqa holatlarda tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan, unda ko„rsatilgan muddatga 
o„qishdan ozod etilishi mumkin. 
25. O„quvchilar uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi maktab 
direktorining buyrug„iga muvofiq o„quvchining sog„lig„i holatini inobatga olib o„quvchining uyida 
yoki maktabda tashkil etiladi.
26. Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan o„quvchiga ta‟lim olganligi 
to„g„risida davlat namunasidagi hujjat beriladi. 
Mazkur hujjatga o„quv rejasi bo„yicha o„quvchi tomonidan o„zlashtirilgan fanlar uchun 
baho qo„yiladi, dars mashg„ulotlari o„tilmagan fanlarga baho qo„yilmaydi hamda uning o„rniga 
“ozod etilgan” degan so„zlar yozib qo„yiladi.
27. Dars mashg„ulotlarining o„qituvchilar tomonidan o„z vaqtida va sifatli olib borilishi 
hamda o„quv dasturlarining to„liq bajarilishi maktabning o„quv ishlari bo„yicha direktor o„rinbosari 
tomonidan nazorat qilinadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə