Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish 
8. Komissiya har yili 20-mayga qadar tegishli xalq ta‟limi hamda sog„liqni saqlash 
boshqarmalarining qo„shma qaroriga asosan tuziladi. 
9. Komissiyaning tarkibi toq sonda kamida 7 nafar a‟zodan iborat bo„ladi.
Komissiya tarkibiga oliy psixologik, tibbiy, pedagogik ma‟lumotga hamda 5 yillik mehnat 
stajiga ega bo„lgan yuqori malakali mutaxassislar — psixolog, pedagog-defektologlar 
(oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog, logoped), psixonevrolog, nevropatolog, ortoped, 
otorinolaringolog, okulist, pediatr vrachlar kiritiladi.
Bunda, tegishli yil uchun Komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassis kelgusi ikki yil 
mobaynida Komissiya tarkibiga a‟zo sifatida kiritilishi mumkin emas, rais, rais o„rinbosari va kotib 
bundan mustasno. 
10. Komissiya raisi etib hududiy xalq ta‟limi boshqarmasi boshlig„i yoki uning o„rinbosari, 
Komissiya raisining o„rinbosari etib sog„liqni saqlash boshqarmasi boshlig„ining onalik va bolalikni 
muhofaza qilish bo„yicha o„rinbosari tayinlanadi. 
11. Hududiy xalq ta‟limi boshqarmasining Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo„llab-
quvvatlash sho„basi rahbari Komissiya kotibi hisoblanadi. 
12. Komissiya raisi Komissiya ishini tashkil etadi, ish rejalarni tasdiqlaydi, yig„ilish 
o„tkaziladigan vaqt va joyni belgilaydi, Komissiyaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat 
qiladi. 
13. Hududiy xalq ta‟limi boshqarmasi Komissiya faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratib 
beradi. 
14. Komissiya yig„ilishi rais tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan ish hajmini inobatga 
olgan holda iyun oyining birinchi ish kunidan oktyabr oyining oxirgi ish kuniga qadar har haftada 
kamida bir marotaba, shundan keyin kelgusi yil uchun tashkil etiladigan Komissiya o„z faoliyatini 
boshlaguniga qadar har oyda kamida bir marotaba o„tkaziladi. 
15. Komissiya a‟zolari Komissiya yig„ilishi o„tkaziladigan kun yoki Komissiya yig„ilishini 
o„tkazish zarurati yo„qligi haqida Komissiya kotibi tomonidan kamida uch kun oldin xabardor 
qilinadi. 
16. Komissiyaning barcha a‟zolari Komissiya yig„ilishida ishtirok etishlari shart. 
17. Komissiya yig„ilishida Komissiya a‟zolarining xulosalari asosida qaror qabul qilinadi 
va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma Komissiyaning barcha a‟zolari tomonidan imzolanadi. 
18. Bolani ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yuborish bo„yicha xulosa qabul qilingan 
taqdirda, unda ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yuborilayotgan bola bilan olib boriladigan 
ta‟lim-tarbiya va davolash-tuzatish ishlari bo„yicha tavsiyalar ham ko„rsatilishi lozim. 
19. Komissiya kotibi tomonidan Komissiyaning ish faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar 
yuritiladi: 
Komissiyaga tushgan arizalarni qayd qilish daftari
Komissiya yig„ilishi bayonnomalarini qayd qilish daftari va bayonnomalarning nusxalari. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə