Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


Uyda yakka tartibda ta‟lim olayotgan ____-sinf o„quvchisi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

Uyda yakka tartibda ta‟lim olayotgan ____-sinf o„quvchisi 
_____________________________________ uchun tuzilgan 
(o„quvchining 
F.I.O.)
DARS JADVALI
Hafta 
kunlari
Fanning 
nomi
Darsning 
boshlanish 
vaqti
Darsning 
davomiyligi
O„qituvchining 
F.I.O.
Dushanba
Seshanba
Chorshanba
Payshanba
Juma
Shanba
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo„lgan 
bolalarga uyda yakka tartibda ta‟lim berish tartibi to„g„risidagi 
nizomga
  
4-ILOVA 
Uyda yakka tartibda ta‟lim olayotgan _____-
sinf o„quvchisi 
_____________________________ning
(o„quvchining 
F.I.O.)
“____________________________________” 
fanidan 
(fanning nomi)
BAHOLASh DAFTARI
Sana
Mavzu 
nomi
O„quvchiga 
qo„yilgan 
Uy 
vazifasi
Ota-
onasining 


baho
imzosi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son 
qaroriga
5-ILOVA 
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to„g„risida
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni O„zbekiston Respublikasi 
Xalq ta‟limi vazirligi tizimidagi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun 
davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga (maktab, maktab-internatlarga) (keyingi o„rinlarda 
— ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari) yuborish bo„yicha psixologik-tibbiy-pedagogik 
komissiyalarni (keyingi o„rinlarda — Komissiya) tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek, 
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni ularning psixofizik imkoniyatlariga mos ravishda ta‟lim 
olishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiyalar Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, Toshkent shahar 
xalq ta‟limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari (keyingi o„rinlarda — 
hududiy xalq ta‟limi boshqarmasi) tomonidan ularning huzurida tashkil etiladi.
Komissiya o„z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi. 
3. Komissiya o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
va qonunlariga
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, 
mazkur Nizomga amal qiladi. 
4. Komissiya o„z faoliyatini qarorlar qabul qilishda xolislik, ochiqlik, shaffoflik, oshkoralik 
va kollegiallik tamoyillariga asoslangan holda olib boradi. 
5. Komissiya faoliyati xalq ta‟limi boshqarmalari hamda Qoraqalpog„iston Respublikasi 
Sog„liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog„liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar 
sog„liqni saqlash boshqarmalari (keyingi o„rinlarda — sog„liqni saqlash boshqarmasi) tomonidan 
muvofiqlashtiriladi. 
Komissiya o„z faoliyatini amalga oshirishda xalq ta‟limi, sog„liqni saqlash, tibbiy-ijtimoiy 
xizmatlarni rivojlantirish organlari, shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qilish uchun vakolatli 
tashkilotlar, shu jumladan, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə