Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Komissiya tomonidan hujjatlarni ko„rib chiqish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

4-bob. Komissiya tomonidan hujjatlarni ko„rib chiqish 


20. Komissiya xulosasini olish uchun bolaning ota-onasi yoki ularning o„rnini bosuvchi 
shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
ariza; 
bolaning tug„ilganlik to„g„risidagi guvohnomasining nusxasi; 
bolaning ta‟lim olganligi to„g„risidagi hujjatlar; 
bolaning o„qish joyidan ta‟limning muddati, o„quv fanlarini o„zlashtirishi va xulq-atvori
bolaga yakka tartibda ko„mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili 
aks ettirilgan ma‟lumotnoma va tavsifnoma (ta‟lim muassasalarida o„qigan bolalar uchun); 
bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi 
tarixidan mufassal ko„chirma: 
bolaning umumiy rivojlanishi holati to„g„risida pediatrning xulosasi; 
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi; 
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi 
organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo„lgan bolalar uchun nutq va shivirlab aytilgan 
so„zlarni idrok etish holati to„g„risidagi ma‟lumotlar, audiogramma ma‟lumotlari); 
oftalmologning ko„rish organiga tavsifi (ko„rishda nuqsoni bo„lgan bolalar uchun batafsil 
tashxisi); 
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo„lgan bolalar 
uchun). 
21. Mazkur Nizomning 
20-bandida 
ko„rsatilgan hujjatlari taqdim etilgan bola 
Komissiyaning navbatdagi yig„ilishida tekshiruvdan o„tkaziladi. 
22. Bolaning ota-onasi yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar bola tekshiruvdan 
o„tkaziladigan kun haqida Komissiya kotibi tomonidan xabardor qilinadi. 
23. Tekshiruvga olib kelingan bolalar Komissiya tomonidan ularning individual 
xususiyatlari, yoshi, jinsi, jismoniy va psixik holatini hisobga olgan holda kompleks tekshiruvdan 
o„tkazilishi lozim. 
24. Bolalar Komissiya ko„rsatmalarga muvofiq ota-onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi 
shaxslar ishtirokida Komissiyaning har bir a‟zosi yoki bir vaqtning o„zida bir nechta a‟zolari 
tomonidan tekshiruvdan o„tkaziladi. 
25. Komissiya a‟zolari tomonidan bolalarni ko„rikdan o„tkazish, ular bilan bevosita 
muloqot qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o„rganish natijasida ularning 
jismoniy yoki psixik nuqsoniga qo„yilgan tashxis o„z tasdig„ini topsa, ularni ixtisoslashtirilgan yoki 
inklyuziv ta‟lim tashkil etilgan umumta‟lim muassasalarga yuborish yuzasidan xulosa beriladi. 
26. Komissiya xulosasi bolaning ta‟lim olishi uchun maxsus sharoitlarga ega bo„lish 
huquqini ta‟minlovchi hujjat hisoblanadi. 
27. Tekshiruvdan o„tkazilgan bola yuzasidan Komissiya yig„ilishi bayonnomasi ota-onalar 
yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslarga besh kun ichida berilishi shart. 
28. Komissiya tomonidan berilgan xulosa va tavsiyalarning asosliligi uchun Komissiya 
raisi va a‟zolari javobgar hisoblanadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə