Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

5-bob. Yakunlovchi qoidalar 
29. Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga 
yuborish hududiy xalq ta‟limi boshqarmasi tomonidan Komissiyaning xulosasiga ko„ra ota-onalar 
yoki ular o„rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. 
30. Komissiya faoliyati ustidan nazorat O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi va 
Sog„liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo„lgan shaxslar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javob beradilar. 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son 
qaroriga
6-ILOVA 


Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim 
muassasalarida kasbga o„qitish kurslarini tashkil etish tartibi to„g„risida
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat 
ta‟lim muassasasi (keyingi o„rinlarda — ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasasi) o„quvchilarini 
(keyingi o„rinlarda — o„quvchilar) kasbga o„qitish kurslarini (keyingi o„rinlarda — o„quv kursi) 
tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. O„quv kurslari alohida e‟tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo„lgan bolalarning ta‟lim olishi, 
aniq bir kasbni egallashi uchun ko„maklashish natijasida bitiruvchilarning quyidagi samaradorlik 
mezonlariga erishish ko„zda tutiladi: 
o„rgangan kasbi bo„yicha mustaqil faoliyat yurita olish; 
kasbiy faoliyatida kasbga doir texnologiyalarni to„g„ri va xatosiz tanlash va qo„llay olish; 
xomashyoning yuqori sifatiga baho bera olish va mahsulotni sifatli tayyorlay olish; 
ishlab chiqarishda texnologik talablarni bajarish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish,
ish vaqtini mustaqil rejalashtira olish, o„zini muntazam nazorat qilish, ish jarayonidagi 
vaziyatlarga baho berish va to„g„ri qarorlarni qabul qilish; 
ish beruvchi va ishchi o„rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mehnat haqidagi 
qonunlarni bilish; 
mehnat faoliyatiga ijodkorlik bilan yondasha olish, innovatsion texnologiyalarni joriy 
qilish bo„yicha kreativ tashabbuslar ko„rsata olish; 
bajargan ishi bo„yicha shaxsiy mas‟uliyatni va javobgarlikni his qilish. 
3. O„quv kurslari alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat 
ta‟lim muassasalarining o„quvchilariga kasb-hunar o„rganishini, ularda kasbiy bilim va 
ko„nikmalarni shakllantirishni, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalarning 
kasb-hunarga ega bo„lishi va jamiyatda o„z o„rnini topishini ta‟minlaydi.
4. O„quv kurslari barcha ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida 10-11-sinf (intellektual 
rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarning 8-9-
sinf) o„quvchilari uchun tashkil etiladi hamda ta‟lim berish muddati 2 yil bo„ladi.
5. O„quv kurslarini ushbu Nizomga
1-ilovada 
keltirilgan ro„yxat asosida o„rgatiladigan 
kasbga mos zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda xomashyo materiallar bilan ta‟minlash 
ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasasi joylashgan tuman (shahar) hokimligi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
O„quv kursida o„rgatiladigan kasblarning malaka talablari O„zbekiston Respublikasi Xalq 
ta‟limi vazirligi tomonidan Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə