Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

(Seal)
Chairman 
of State 
Attestation 
Commission
Director Secretary
_____________city 
(district) 20____year
Registration Number___________________
Kasbga o„qitish kurslarini tugatgan o„quvchilarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikat 
TAVSIFI
Kasb malakasi sertifikati 150 x 100 mm o„lchamli yaxlit qoplangan yashil (a‟lo darajali 
sertifikat qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan ko„rinishga ega. Uning yuza tomonida 
bosma naqsh usulida oltin rangda O„zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladi va 
undan pastroqda davlat tilida “KASB MALAKASI SERTIFIKATI” so„zlari yoziladi. 
Sertifikatning ichki varaq o„lchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset 
bosma usulda, bo„yoqlar soni “oddiy” — 4+№, “a‟lo darajali” — 5+№. 
Sertifikatning har ikki varag„ida sakkizta pozitsiyada: S harfi va yettita raqamli tartib 
raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi bitiruvchilar sertifikati — to„q yashil, “a‟lo darajali” bitiruvchilar 
sertifikati qizil-marmar rangli. To„g„ri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq 
muqova. Muqova materiali — bumvinil (qog„oz qatlami asosi polivinilxlorid) to„q yashil va qizil-
marmar rangli, material qalinligi 170 ± 20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qog„ozda, diametri 
45 mm bo„lgan O„zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “KASB MALAKASI SERTIFIKATI” 
nomi qizdirib naqsh solish yo„li bilan yoziladi. 
Qog„oz tafsiloti: 
qog„oz — 100% paxta, qalinligi 140 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan 
ultrabinafsha nuri; 
yorug„likda yaxshi ko„rinadigan “paxta ko„sagi” ko„rinishidagi asosiy uch o„lchovli suv 
belgisi; 
ko„rinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qog„oz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 
2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ko„z bilan ko„rinadi; 
ko„rinmaydigan tola ko„k va och yashil tusda, qog„oz qatlamida tartibsiz joylashgan
uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultra binafsha nurlari ostida ko„rinadi. 
Bosma tafsiloti: 
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg„un matbaa bo„yoqlari qo„llaniladi; 
ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo bo„lgan ingichka 
sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa ko„chirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; 
tangir setkalarining biri “iris” effektini qo„llash bilan chop etiladi, ya‟ni markazda yashil 
rangdan chetlari bo„yicha havo rangga ravon o„tadi; 
ichki varaq markazida O„zbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 
mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi; 
blankaning to„rt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil 
qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni 


yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan, nusxa ko„chirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida 
xizmat qiladi; 
ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm o„lchamli) qiyofasida 
ko„rinmaydigan tasvir joylashtiriladi; 
kichik so„z, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko„rinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga 
keltiradi va takrorlanadigan “SERTIFIKAT” so„zidan iborat. Kichik so„z yuqori qismida “KASB 
MALAKASI SERTIFIKATI” so„zi ostida chap tarafda va “REPUBLIS OF UZBEKISTAN” so„zi 
ostida o„ng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi; 
seriya “S” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya 
bo„yog„ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug„lik sochadi. 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son 
qaroriga
7-ILOVA 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə