Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quv kursining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

2-bob. O„quv kursining maqsad va vazifalari 
6. O„quv kursining maqsadi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan 
o„quvchilarni kasb-hunarga o„rgatish, ularning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda kasb-hunar tanlash hamda kelajakda egallaydigan kasblari bo„yicha mehnat faoliyati 
bilan shug„ullanishlariga ko„maklashishdan iborat. 
7. O„quv kurslarining vazifalari quyidagilardan iborat: 
o„quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, maxsus va chuqurlashtirilgan 
tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o„rgatish;
kasbiy ta‟lim berish jarayonida “usta-shogird” an‟analarni, mahalliy va xorijiy ilg„or 
tajribani o„rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va 
kasbiy ta‟lim berish jarayonining metodik ta‟minotini takomillashtirib borish; 
kasbiy ta‟lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta‟lim berish sifatini ta‟minlash; 


o„quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish 
ko„nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug„ullanishi imkonini 
beruvchi kasb egasi bo„lishlarini ta‟minlash; 
mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar 
bo„yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta‟minlash. 
8. O„quv kursining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalarida zarur tashkiliy, o„quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-
sharoitlar yaratiladi. 
3-bob. O„quv kursida o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish 
9. O„quv kursining o„quv-tarbiya jarayoni O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan o„quv rejasiga asosan amalga oshiriladi. 
10. O„quv kursidagi kasb-hunarning turiga qarab hududdagi tegishli tashkilotlar bilan 
tuzilgan shartnoma asosida amaliy mashg„ulotlar tashkil etilishi mumkin. 
11. O„quv kurslarida o„quvchilarda kasbiy kompetensiyalar va amaliy mehnat ko„nikmalari 
rivojlantiriladi. 
12. O„quv kurslari umumta‟lim dasturlari bilan bir vaqtda ta‟lim muassasasining 
xususiyatidan kelib chiqib tayyorlangan dars jadvali asosida amalga oshiriladi. 
O„quv kurslaridagi o„quvchilar soni alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlar) guruhlaridagi 
bolalar soni me‟yorlariga muvofiq ravishda belgilanadi. 
13. O„quv kursining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, ta‟tillarning muddati, 
davomiyligi, shuningdek, o„quv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va 
yakuniy davlat attestatsiyasini o„tkazish tartibi hamda ta‟lim jarayoniga tegishli boshqa talablar 
qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan o„quv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida 
belgilanadi. 
14. O„quv kursida tasdiqlangan tayanch o„quv rejasiga asosan ikki o„quv yili davomida 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining qisqartirilayotgan o„quv soatlari doirasida 10-11-sinflar 
o„quvchilari jami 476 soat, intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun (yordamchi) 
maktablar, maktab-internatlarining 8-9-sinflar o„quvchilari jami 816 soat kasbga o„qitiladi, har bir 
o„quv yili yakunida o„quvchilar uchun 20 soatdan iborat ishlab chiqarish amaliyoti o„tkaziladi. 
15. O„quv kursi jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi: 
o„quv yilining davomiyligi — 34 hafta; 
haftasiga bir kunlik dars mashg„ulotlarining davomiyligi ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalarining 10-1-sinflari o„quvchilari uchun — 7 soat, intellektual rivojlanishida nuqsonlari 
bo„lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarining 8--sinflari o„quvchilari 
uchun — 12 soat; 
dars mashg„ulotining davomiyligi — 45 daqiqa; 
dars mashg„ulotlari oralig„idagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa.
16. O„quv kurslarida har bir sinf o„quvchilari, shu jumladan, bitta sinfning o„g„il va qiz 
bolalari uchun mashg„ulotlar kasb va mashg„ulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqib 
hamda o„quvchilarning xohish va istagini inobatga olgan holda alohida-alohida tashkil etiladi. 
Ikki yoki undan ortiq sinf o„quvchilarini qo„shgan holda mashg„ulotlar tashkil etilishiga 
yo„l qo„yilmaydi. 
17. O„quvchilarning kasb-hunarga oid kompetensiyalarini (bilim, ko„nikma va malakalari) 
aniqlash va nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan belgilanadigan 
baholash mezonlari asosida o„quv kursi davomida quyidagi nazorat turlari bo„yicha amalga 
oshiriladi: 
joriy nazorat — o„quvchilarning kasbiy bilim, ko„nikma va malakalari, kasbga oid 
ko„nikmalarini namoyish etish, loyihalash, guruhlarda ishlash, savol-javob, muhokama, yozma ish 
ko„rinishida amalga oshiriladi
oraliq nazorat — chorak va yarim yillik yakuni bo„yicha o„quvchilarning kasbiy bilim, 
ko„nikma va malakalarini baholash uchun o„quv dasturining ma‟lum bir mantiqiy yakunlangan 


qismi tugaganidan so„ng amaliy ko„nikmalarni namoyish qilish yoki yozma ish ko„rinishida amalga 
oshiriladi; 
yakuniy nazorat — o„quvchi tanlagan mutaxassislik bo„yicha kasbga o„qitish jarayoni 
tugaganidan so„ng egallagan kasb-hunar bo„yicha kompetentligini amaliy namoyish etishi orqali 
yakuniy davlat attestatsiyasidan o„tkaziladi. 
18. O„quv kursidagi yakuniy nazorat ishi umumiy o„rta ta‟lim muassasalari yakuniy davlat 
attestatsiyasidan kamida bir hafta avval o„tkaziladi.
19. O„quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan o„quvchilarga mehnat qilish huquqini beruvchi 
ushbu Nizomga 
2-ilovada 
keltirilgan shaklda kasb malakasi bo„yicha davlat namunasidagi sertifikat 
beriladi. 
Malaka talablariga muvofiq yakuniy nazoratdan o„ta olmagan o„quvchilar uchun qayta 
yakuniy nazorat har yilning avgust oyida tashkil etiladi. 
Qayta yakuniy nazoratdan o„ta olmagan o„quvchilarga kasbiy ta‟limni olganligi 
to„g„risidagi ma‟lumotnoma beriladi. 
20. O„quv kursidagi o„quv-tarbiya jarayoni bilan bog„liq boshqa masalalar tayanch o„quv 
rejasi va o„quv dasturiga muvofiq belgilanadi. 
21. O„quv kurslari faoliyatining samaradorligi O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi 
vazirligi tomonidan doimiy monitoringi olib boriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə