Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


O„zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

O„zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2021-yil 12-oktabr, 
638-son 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son 
qaroriga
1-ILOVA 
Umumiy o„rta ta‟lim tashkilotlarida inklyuziv ta‟limni tashkil etish tartibi to„g„risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom umumiy o„rta ta‟lim tashkilotlarida (keyingi o„rinlarda — maktab ) 
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar (keyingi o„rinlarda — alohida 
ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar) uchun inklyuziv ta‟limni tashkil etish tartibini belgilaydi. 
Maktablarda boshlang„ich tayanch korreksion sinflar ochilishi mumkin. 
2. Ushbu Nizom talablari davlat umumta‟lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi. 
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi: 
inklyuziv ta‟lim — alohida ta‟lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini 
hisobga olgan holda barcha ta‟lim oluvchilar uchun ta‟lim tashkilotlarida ta‟lim olishga bo„lgan 
teng imkoniyatlarni ta‟minlagan holda beriladigan ta‟lim; 
inklyuziv ta‟lim sinfi — maktabdagi alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning boshqa 
(sog„lom) bolalar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta‟lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf
boshlang„ich tayanch korreksion sinfi — maktabda alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan 
bolalar uchun alohida tashkil etiladigan boshlang„ich sinf; 
o„quvchilar — inklyuziv ta‟lim va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda tahsil 
olayotgan sog„lom yoki alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar. 
4. Maktabda o„quvchilar ta‟lim jarayoniga moslashish darajasiga qarab boshqa (sog„lom) 
bolalar bilan bir qatorda maktabga qatnab muayyan sinfning o„quv rejasiga mos keladigan o„quv 
dasturlari doirasida tahsil oladi. 
Maktabga qatnab o„qish imkoniyati bo„lmagan o„quvchilarga ta‟lim berish o„quv rejalari 
va o„quv dasturlariga muvofiq ota-onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishilgan 
tavsiyaga muvofiq zarur bilim, malaka va ko„nikmalarni masofadan turib yoki uyda yakka tartibda 
ta‟lim berish orqali amalga oshiriladi.
O„quvchilar turli to„garaklar, seksiyalar, maktabdan tashqari tadbirlarda qatnashish 
imkoniyati ega. 
5. Inklyuziv ta‟limni tashkil etish insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar, bag„rikenglik, 
oshkoralik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi. 
6. Maktabda inklyuziv ta‟lim va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar bolalarning yosh 
va individual xususiyatlari, aqliy rivojlanishi darajasi, somatik va asab-ruhiy sog„lig„i holatiga 
muvofiq tashkil etiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə