Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

9-bob. Yakunlovchi qoidalar 
55. Maktablarning inklyuziv ta‟lim sohasida xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar 
asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog 
xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o„tashi shaklida amalga oshirilishi mumkin. 
56. Maktab direktori bolalar inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion 
sinflarga qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
57. O„quvchilarning maktabga kelib-ketishidagi hayoti va sog„lig„i uchun javobgarlik 
ularning ota-onalari yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga yuklatildi. 
O„quvchilarning maktab hududidagi hayoti va sog„lig„i uchun javobgarlik maktabga 
yuklanadi.
58. Maktablar inklyuziv ta‟lim sohasida o„quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o„zini 
o„zi boshqarish organlari, boshqa ta‟lim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy 
aloqada faoliyat ko„rsatadi. 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son 
qaroriga
2-ILOVA 
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasalari to„g„risida 
NIZOM 
1-bob.Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalarning (keyingi 
o„rinlarda — alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar) ta‟lim tizimini takomillashtirishga 
yo„naltirilgan, shuningdek, alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasalarining (keyingi o„rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari) maqomini 
belgilaydi va ularning faoliyatini tartibga soladi. 
2. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi
 
Konstitutsiyasi 
va qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa 
qonunchilik hujjatlariga hamda o„z ustaviga amal qiladi. 
3. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari ta‟lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-
sog„lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning 
umumiy o„rta ta‟lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning 
jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko„maklashish, shuningdek, ijtimoiy yordamga 
muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta‟lim berishda yordam ko„rsatish maqsadida 
tashkil etiladi. 
4. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs 
hisoblanadi. 
5. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli 
davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə