20. Inklyuziv ta‟lim sinflarida jami o„quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. Ushbu
sinflarda umumiy o„rta ta‟lim dasturlari bo„yicha ommaviy tarzda o„qiyotgan o„quvchilar bilan
birga maxsus (korreksion) dasturlar asosida o„qiyotgan alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan
o„quvchilar soni 3 nafardan oshmasligi lozim.
Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy
tashxisdagi o„quvchilar qabul qilinadi.
21. Maktablarda inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar soni
bir parallel sinflarda 2 tadan ortiq tashkil etilmaydi.
22. Boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„quvchilar soni amaldagi alohida ta‟lim
ehtiyojlari bo„lgan bolalar (shaxslar) uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim
muassasalari
(maktablar, maktab-internatlar) sinflaridagi o„quvchilar soni me‟yorlariga muvofiq ravishda
belgilanadi.
23. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„qitish va
tarbiyalash jarayoni o„quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
O„quvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning o„ziga xosligini hisobga olgan holda
davlat ta‟lim standartlariga muvofiq baholanadi.
24. Ta‟lim-tarbiya jarayoni davlat ta‟lim standartlariga muvofiq o„quv rejasi va dastur
asosida maxsus korreksion tuzatish usullaridan foydalanilgan holda olib boriladi.
25. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflardagi o„quvchilarga
individual ta‟lim dasturlarini o„zlashtirishga yordam ko„rsatish maxsus
pedagoglar va tyutorlar
(yordamchi pedagog xodimlar) tomonidan amalga oshiriladi.
26. Har bir inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar ochilgan
maktab uchun alohida maxsus pedagog shtat birliklari ajratiladi.
27. O„quvchilar bilan individual ta‟lim dasturlarini o„zlashtirish, nuqsonlarni tuzatish
(korreksiya) va ular bilan bog„liq bola rivojlanishining o„ziga xosliklarini bartaraf etish ishlari
maxsus pedagoglar tomonidan ta‟lim
jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa
tadbirlarda amalga oshiriladi.
28. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar ochilgan
maktablarda o„quvchilarga individual ta‟lim dasturlarini o„zlashtirish, rivojlanishiga to„sqinlik
qilayotgan omillarni aniqlash, ularga turli ko„rinishdagi psixologik
yordam berish maqsadida
maxsus yordam ko„rsatish xonalari tashkil etiladi.
Maxsus yordam ko„rsatish xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta‟minlanadi.
29. Inklyuziv ta‟lim sinflari joriy qilingan maktablarga tyutor (yordamchi pedagog xodim)
sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta‟lim muassasalarining pedagogika
yo„nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinadi.
Talabalarni inklyuziv ta‟lim sinflari joriy qilingan maktablarga jalb etish tartibi
O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi hamda Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi
tomonidan belgilanadi.
30. Inklyuziv ta‟lim sinflarida o„quvchilarga oliy ma‟lumotli,
shuningdek,
tegishli qayta
tayyorlashdan o„tgan o„qituvchi yoki defektologlar tomonidan dars beriladi.
Boshlang„ich tayanch korreksion sinflarda o„quvchilarga defektologiya sohasi bo„yicha
oliy ma‟lumotli pedagoglar, shuningdek, defektologiya (sohasi) bo„yicha tegishli qayta
tayyorlashdan o„tgan boshlang„ich sinf o„qituvchilar tomonidan dars beriladi.
31. Har bir o„quvchi uchun umumiy o„rta ta‟lim dasturi va maxsus (korreksion) ta‟lim
dasturidan kelib chiqib maktab tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja va mashg„ulotlar jadvali
tuziladi.
Bunda o„quvchining individual psixojismoniy xususiyatlari, qiziqishlari hamda psixologik-
tibbiy-pedagogik komissiyaning tavsiyalari inobatga olinadi.
32. O„quvchilarni o„qitish metodikasini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
tyutorning ta‟lim jarayonida to„liq yoki qisman ishtiroki zarurati;
yengillashtirilgan individual kun tartibini (topshiriqlar hajmi, hafta davomida qo„shimcha
dam olish kuni va boshkalar) tashkil etish;
o„quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqib dars mashg„ulotlarini tuzish;
umumrivojlantiruvchi va fanlar yo„nalishidagi mashg„ulotlarni
individual va guruh
shaklida tashkil etish;
psixolog, maxsus pedagog va boshqa mutaxassislarning maktabdan va sinfdan tashqari
korreksion-rivojlantiruvchi mashg„ulotlarini tashkil etish.
33. Ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan metod va vositalar bolalarning har tomonlama aqliy,
jismoniy rivojlanishini ta‟minlashga va yetuk shaxsni tarbiyalashga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: