Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Pedagog xodimlar faoliyati va ota-onalar bilan hamkorlik



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

6-bob. Pedagog xodimlar faoliyati va ota-onalar bilan hamkorlik 
34. Maktablarda inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflar 
o„quvchilarining salohiyatini rivojlantirish maqsadida o„quvchilar uchun individual o„quv dasturlari 
ishlab chiqiladi. 
35. Inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion sinflardagi ta‟lim-tarbiya 
jarayonining nazorati ushbu sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 
36. Maxsus pedagoglar inklyuziv ta‟lim sinflari va boshlang„ich tayanch korreksion 
sinflarda hamda maxsus yordam ko„rsatish xonalarida o„quvchilar bilan korreksion-pedagogik 
ishlarni olib boruvchi va muvofiqlatiruvchi asosiy mutaxassis hisoblanadi. 
37. Maxsus pedagoglar boshqa pedagoglar bilan birgalikda inklyuziv ta‟lim sinflari va 
boshlang„ich tayanch korreksion sinflar o„quvchilari bilan ishlash rejasini tuzadi va ularni sinfga 
uyg„unlashtiradi. 
38. Maxsus pedagoglar koreksion ta‟limni olib boradi, mashg„ulotlarning mazmuni va 
metodlarini tanlaydi, alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga korreksion-pedagogik, tibbiy 
yordam ko„rsatilishini muvofiqlashtiradi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda umumiy 
mashg„ulotlarni, kichik guruhlarda va alohida-alohida mashg„ulotlarni olib boradi.
Zarurat bo„lganda o„quvchilar bilan qo„shimcha yakka tartibda mashg„ulotlar tashkil 
etiladi.
39. O„quvchilarning o„quv-tarbiya jarayonida ishtirokini ta‟minlash hamda ularning 
individual (moslashtirilgan) ta‟lim dasturlarini o„zlashtirishda tyutorlar yaqindan yordamlashadi.
Tyutor: 
ta‟lim jarayonida sodir bo„ladigan muammolar va qiyinchiliklarni yengishga 
ko„maklashadi;
ta‟lim jarayonining individuallashuvi (individual ta‟lim dasturlarini tuzish va sh.k.) uchun 
sharoitlar yaratadi;
o„quvchilarning o„quv dasturlarini davlat ta‟lim standartlari talablariga muvofiq darajada 
o„zlashtirishiga ko„maklashadi, bolaning o„quv yuklamasi va imkoniyatlarini tahlil qiladi, tegishli 
o„zgartirishlar kiritish bo„yicha takliflar beradi; 
ota-onalar bilan o„zaro hamkorlikda ta‟lim oluvchilarning ta‟limiy qiziqishlarini aniqlash, 
shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni o„rnatadi.
40. Maktab psixologi har bir o„quvchining psixik salomatligini himoyalash, psixik 
rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va korreksiyalashga ko„maklashish maqsadida 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
o„quvchini individual rivojlantirish (oilada va inklyuziv ta‟lim sharoitida ta‟lim berish) 
dasturlarini tuzish; 
o„quvchilar bilan guruhlarda mashg„ulotlar olib borish; 
o„quvchilarni doimiy ravishda psixolog-pedagogik jihatdan o„rganish va ularni tarbiyalash 
bo„yicha ota-onalarga maslahatlar berish. 
41. Maktabdagi jismoniy tarbiya o„qituvchisi o„quvchilarning sog„lig„ini mustahkamlash, 
sog„lom turmush tarzini targ„ib qilish maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradi: 
o„quvchilarning jismoniy va psixik xususiyatlaridan kelib chiqib ular bilan yakka va 
guruhli tarzda mashg„ulotlar olib borish; 
o„quvchilar bilan birgalikda sport tadbirlari va musobaqalarni tashkil etish; 
ota-onalarga o„quvchilarni jismoniy tarbiya va sog„lomlashtirish sohasida maslahatlar 
berish; 


tibbiyot xodimlari bilan birgalikda har bir o„quvchining jismoniy yuklamasini tartibga 
solish. 
42. Maktabda tibbiyot xodimi tomonidan o„quvchilarga maxsus tibbiy yordam ko„rsatiladi.
Tibbiyot xodimi: 
o„quvchilarning ruhiy asab holatini tekshiradi, zarurat bo„lganda davolash muolajalarini 
tavsiya etadi; 
korreksion-pedagogik ta‟lim jarayonida bolalar sog„ligini nazorat qiladi hamda aqliy va 
jismoniy yuklamaning me‟yorini belgilaydi; 
o„quvchilarning somatik va ruhiy salomatligini saqlash yuzasidan ota-onalarga maslahat 
beradi va boshqa mutaxassislar bilan xamkorlikda ularni sog„lomlashtirish ishlarini olib boradi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə