Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. O„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga qabul qilish tartibi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

4-bob. O„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga qabul qilish tartibi
16. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga bolalar 7 yoshga to„ladigan yilda, tayyorlov 
guruhlariga 6 yoshdan qabul qilinadi. 
Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning ta‟lim olish huquqini ta‟minlash maqsadida 
umumta‟lim maktablari uchun belgilangan yosh me‟yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul 
qilishga ruxsat etiladi.
17. Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga 
yuborish hududiy xalq ta‟limi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik 
komissiya (keyingi o„rinlarda — psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya) xulosasiga ko„ra, ota-
onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya yo„llanmasi bolalar ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalariga qabul qilinishiga asos hisoblanadi. 
18. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga boshqa ma‟muriy-hududiy birlikdan kelib 
o„qish istagini bildirgan bolalar bolani qabul qilayotgan ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi 
joylashgan hududning psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasi yo„llanmasiga asosan qabul 
qilinadi.
19. Bolalarni qabul qilish o„quv yili davomida amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasasi direktorining buyrug„i bilan rasmiylashtiriladi.
20. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yo„llangan har bir bolaga ota-onalari yoki 
ularning o„rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramog„idan mahrum 
bo„lgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig„majildi 
rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig„majildida quyidagi hujjatlar bo„ladi: 
ota-onalari yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslarning arizasi; 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosaci; 
ta‟lim olganligi to„g„risidagi hujjatlar (ta‟lim muassasalarida o„qiyotgan bolalar uchun); 
o„qish joyidan ta‟limning muddati, o„quv fanlarini o„zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga 
yakka tartibda ko„mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks 
ettirilgan ma‟lumotnoma va tavsifnoma (ta‟lim muassasalarida o„qiyotgan bolalar uchun);
bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi 
tarixidan mufassal ko„chirma: 
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to„g„risidagi xulosasi; 
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi; 


otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi 
organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo„lgan bolalar uchun — so„zlashuv nutqi va 
shivirlab aytilgan so„zlarni idrok etish holati to„g„risidagi ma‟lumotlar, audiogramma 
ma‟lumotlari); 
oftalmologning ko„rish organiga tavsifi (ko„rishda nuqsoni bo„lgan bolalar uchun batafsil 
tashxisi); 
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo„lgan bolalar 
uchun). 
21. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yo„llangan chin yetim va ota-onasining 
qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig„majildida mazkur Nizomning 
20-bandida 
ko„rsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham bo„lishi kerak: 
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy (homiy) tayinlash yoki uni ta‟lim muassasasiga 
joylashtirish haqidagi qarori nusxasi; 
ota-onalar va ularning o„rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma‟lumotlar (ota-onalarning 
pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, sudning hukmi yoki qarori, 
ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yo„qligi yoki 
ularning o„z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi hujjatlar); 
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo„lsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun 
amalga oshirilgan choralar va bunga mas‟ul shaxslar to„g„risidagi ma‟lumotlar ko„rsatilgan mulk 
ro„yxati; 
bolaga turar joy biriktirilganligi to„g„risidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turar joy 
chizmasi nusxalari, turar joyning egasi va xususiylashtirilganligi holati to„g„risida tuman (shahar) 
yer resurslari va davlat kadastri bo„limidan ma‟lumotnoma); 
pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi 
sud qarori, omonat daftarchasi. 
22. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi: 
eshitishda nuqsoni bo„lgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar bo„lgan 
bolalar); 
ko„rishda nuqsoni bo„lgan bolalar (ko„rlar, zaif ko„ruvchilar, keyinchalik ko„r bo„lgan 
bolalar); 
nutqida og„ir nuqsonlar bo„lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, 
psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish); 
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo„lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, poliomiyelit, 
miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo„y o„sishining yetishmovchiligi — pakanalik); 
psixik rivojlanishi sust bolalar
aqli zaif bolalar; 
murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko„p yetishmovchilik bo„lgan 
bolalar). 
23. Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik bo„lgan 
hollarda) qabul qilish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida, ota-onalari yoki 
ota-ona o„rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan, o„quv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir 
yildan kam bo„lmagan muddat davomida uning o„zlashtirmasligi oligrofreniya darajasidagi aqli 
zaiflik bilan bog„liqligi aniqlangan holda amalga oshiriladi. 
24. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi: 
aqli o„ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya); 
xulq-atvorida og„ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo„lgan 
bolalar; 
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo„lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va 
o„z-o„ziga xizmat ko„rsata olmaydigan bolalar
ko„r-kar-soqov bolalar; 
tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, 
kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog„i tez-tez takrorlanadigan) bolalar; 


markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan 
bolalar.
Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash 
vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tegishli muassasalarga 
yo„llanadi yoki ularga yakka tartibda uyida o„qitish tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori o„quvchilarning qabul qilinishi uchun 
belgilangan tartibda shaxsan javob beradi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə