o„quvchining maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarilganligi to„g„risidagi buyruqdan
ko„chirma;
o„quvchining baholar (o„zlashtirish) tabeli;
o„quvchining tibbiy kartasi;
Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi, viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari,
Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh boshqarmasi (keyingi o„rinlarda — xalq ta‟limi boshqarmalari)
huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi o„rinlarda —
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya) o„quvchini maktab-internatga yuborish uchun asos bo„lgan
xulosasi;
xalq ta‟limi boshqarmasining o„quvchini maktab-internatga yuborish to„g„risidagi
yo„llanmasi.
19. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, maktab-internatga kelish taloni va
o„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o„quvchining o„qishga qabul
qilinganligi to„g„risidagi buyrug„idan ko„chirma o„quvchining maktab-internatda saqlanadigan
shaxsiy hujjatlar yig„majildiga tikib qo„yiladi.
20. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-
internatdan o„tkazilayotgan o„quvchining o„quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta‟minlash
uchun barcha zarur choralarni ko„rishi shart.
21. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori mazkur Tartibning
18-bandida
belgilangan
hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning o„zida o„quvchini maktab-
internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqaradi.
22. Maktab-internat direktori o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish
to„g„risidagi buyruqdan ko„chirmani bir ish kuni ichida o„quvchi ilgari ta‟lim
olgan maktab-
internatga ma‟lumot uchun yuboradi.
23. O„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida yoki maktab-
internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali
va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: