shu kunning o„zida o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq
chiqaradi.
31. Maktab-internat direktori o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safiga qabul qilish
to„g„risidagi buyruqdan ko„chirmani bir ish kuni ichida o„quvchi ilgari ta‟lim
olgan maktab-
internatga ma‟lumot uchun yuboradi.
32. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq ta‟limi
boshqarmasining
o„quvchini boshqa turdagi maktab-internatga o„tkazish to„g„risida yo„llanma berilganligi haqidagi
xati va o„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining o„quvchining
o„qishga qabul qilinganligi to„g„risidagi buyrug„idan ko„chirma o„quvchining
maktab-internatda
saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig„majildiga tikib qo„yiladi.
33. O„qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-
internatdan o„tkazilayotgan o„quvchining o„quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta‟minlash
uchun barcha zarur choralarni ko„rishi shart.
34. O„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida
yoki maktab-
internat o„quvchilari safiga qabul qilish to„g„risida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali
va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: