Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

10-bob. Yakunlovchi qoidalar 
79. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
80. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko„ra, 
o„quv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda, hududiy xalq ta‟limi boshqarmalari ota-onalar va 
ularning o„rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda o„quvchilarni boshqa ta‟lim muassasalariga 
ko„chirish mas‟uliyatini o„z zimmasiga oladi. 
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalari to„g„risidagi 
nizomga
  
1-ILOVA
Alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan 
boshqa ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun 
umumta‟lim tashkilotlariga o„tkazish
TARTIBI
Mazkur Tartib alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan o„quvchilarni (keyingi o„rinlarda — 
o„quvchilar) sinfdan sinfga, bir ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasasiga (keyingi o„rinlarda — maktab-internat) yoki inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi 
uchun umumta‟lim tashkilotiga (keyingi o„rinlarda — maktab) o„tkazishni belgilaydi. 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi: 
sinfdan sinfga o„tkazish — o„quvchini maktab-internatning bir sinfidan boshqa parallel 
sinfiga o„tkazish; 
bir xil turdagi maktab-internat — o„quvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi 
tashxis natijalari bo„yicha ixtisoslashuviga ko„ra bir turga mansub maktab-internat; 
boshqa turdagi maktab-internat — o„quvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi 
tashxis natijalari bo„yicha ixtisoslashuviga ko„ra bir turga mansub bo„lmagan maktab-internat. 


2. Mazkur Tartib O„zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo„lmagan 
shaxslarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan 
maktabga o„tkazishga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
3. O„quvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va 
maktab-internatdan maktabga o„tkazish masalalari umumiy o„rta ta‟limning majburiyligi hamda 
O„zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslarning ta‟lim olish tilini erkin tanlash 
huquqini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. 
4. O„quvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va 
maktab-internatdan maktabga o„tkazish bepul amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə