Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

Ta‟lim yo„nalishlari turlari va 
bolalar toifalari
Tayyorlov 
sinflaridagi 
bolalar soni
Tarbiya guruhlari va kuni 
uzaytirilgan guruhlarning minimal 
to„ldirilishi
Boshlang„ich 
sinflardagi 
bolalar soni
Yuqori 
sinflardagi 
bolalar soni
1. I-II tur:
Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun 


12 
Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar 
bo„lgan (1, 2-bo„limlar) bolalar 
uchun 


12 
2. III-IV tur:
Ko„r (ko„zi ojiz) bolalar uchun 
10 
10 
12 
Zaif ko„ruvchilar va keyinchalik ko„r 
bo„lgan bolalar uchun 
10 
10 
12 
3. V tur:
Nutqida og„ir nuqsonlar bo„lgan 
bolalar uchun 
10 
10 
14 
4. VI tur:
Poliomiyelit xastaligi oqibatlari 
bo„lgan bolalar uchun 

12 
14 
Serebral falaji oqibatlari bo„lgan 
bolalar uchun 


10 
5. VII tur:
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun 

12 
16 
6. VIII tur:
Yengil darajadagi aqli zaif bolalar 
uchun 

12 
12 


O„rta va og„ir darajadagi aqli zaif 
bolalar uchun 

10 
10 
*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasalarida o„qiyotgan 
murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 
va undan ko„p nuqson bo„lgan) 
bolalar uchun 



35. O„quv yilining boshlanishi, o„quv mashg„ulotlari va ta‟tillarning davomiyligi, 
shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasini o„tkazish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining majburiy umumiy o„rta ta‟limning 11 yillik 
dasturini tamomlagan bitiruvchilarga 9-sinfda shahodatnoma va 11-sinfda attestat, majburiy 
umumiy o„rta ta‟limning 9 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun 
(yordamchi) maktablar, maktab-internatlar) dasturini tamomlagan bitiruvchilarga guvohnoma 
beriladi.
36. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi o„quvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga o„tkazish 
pedagogik kengashning qarori asosida, ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining tibbiyot xodimlari 
va pedagog xodimlari xulosasi asosida amalga oshiriladi. 
37. O„quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun umumta‟lim tashkilotiga o„tkazish 
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko„ra, bolaning ota-onasi yoki ular o„rnini 
bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. 
O„quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun umumta‟lim tashkilotlariga o„tkazish 
ushbu Nizomga 
1-ilova 
bilan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi. 
38. O„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan O„zbekiston Respublikasi 
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tegishli muassasasiga o„tkazish ushbu 
Nizomga 
2-ilova 
bilan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining ma‟muriyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim muassasasida o„qishga layoqati bo„lmagan o„quvchilarni tegishli muassasalarga 
joylashtirishga ko„maklashishi shart. 
39. Ta‟lim-tarbiya ishlari o„quvchilarning oddiy o„ziga o„zi xizmat ko„rsatishdan tortib 
ixtiyoriy ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlarigacha bo„lgan turli xil faoliyatlari asosida tashkil 
etiladi. 
40. O„quvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini to„g„ri tashkil etish, o„quv yuklamasi 
me‟yoriga qat‟iy rioya qilish, davolash tadbirlarini o„tkazish, o„quvchilarga gigiyena ko„nikmalarini 
singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shug„ullanish, sog„lomlashtirish tadbirlarini 
tashkil etish yo„li bilan amalga oshiriladi. 
41. O„quvchilarning mehnat ta‟limi, kasbga o„rgatish va tarbiyasi tarbiyalanuvchilarning 
psixik va jismoniy rivojlanishining o„ziga xosligi, sog„lig„i, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga 
olgan holda amalga oshiriladi. 
42. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli to„garaklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi. 
43. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida majburiy umumiy o„rta ta‟lim 11 yillik 
(intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo„lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-
internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi. 
44. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida o„qituvchi va tarbiyachi lavozimida korreksion 
pedagogika va defektologiya sohasi bo„yicha oliy ma‟lumotli surdopedagogika, tiflopedagogika, 
oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassislari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasasining faoliyat turi (sohasi) bo„yicha tegishli qayta tayyorlashdan o„tgan mutaxassis 
xodimlar faoliyat yuritadi. 


45. Ta‟lim-tarbiya jarayonini, uning korreksion yo„nalishi sifat va samaradorligini oshirish 
maqsadida ko„rishda nuqsoni bo„lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida 
tayyorlov va boshlang„ich sinflarda faqat ko„rishi sog„lom o„qituvchi-tiflopedagoglar dars beradi. 
46. Ko„rishda nuqsoni bo„lgan va zaif ko„ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta‟lim 
muassasalarida ko„zi ojiz o„qituvchilar tomonidan o„quvchilarga o„quv fanlaridan (geografiyadan 
tashqari) dars berish ularning fiziologik imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi. 
47. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida ta‟lim jarayonini psixologik jihatdan ta‟minlash 
muassasa shtatiga kiruvchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida o„quvchilarni psixologik jihatdan qo„llab-
quvvatlash, ularning maxsus kasbiy tayyorgarlik ko„nikmalarini shakllantirish hamda rivojlanishiga 
to„sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, shuningdek, ularga turli ko„rinishdagi psixologik yordam 
berish maqsadida professional psixologik yordam ko„rsatish xonalari tashkil etiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə