Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida


-bob. Ta‟lim jarayonining ishtirokchilari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/55
tarix13.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#127429
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Inklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021

7-bob. Ta‟lim jarayonining ishtirokchilari 
58. O„quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar o„rnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiy va 
boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarining ta‟lim jarayoni ishtirokchilari 
hisoblanadi. 


59. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari o„quvchilari bepul umumiy o„rta ta‟lim olish, 
tibbiy xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari uchun belgilangan 
norma va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta‟minlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, 
olimpiadalar, ko„rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega. 
60. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga yo„llangan chin yetim bolalar va ota-ona 
qaramog„idan 
mahrum 
bo„lgan 
bolalar 
maqomi 
bo„yicha 
“Mehribonlik” 
uylari 
tarbiyalanuvchilariga tenglashtiriladi. 
61. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida chin yetim bolalar va ota-ona qaramog„idan 
mahrum bo„lgan bolalar, shuningdek, turli sabablarga ko„ra yakshanba, bayram va ta‟til kunlari 
uylariga keta olmaydigan o„quvchilar uchun sutka davomida ishlaydigan guruhlar tashkil etiladi.
62. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining o„quvchilari muassasaning ustavi va ichki 
tartibiga, shuningdek, sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart. 
63. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida o„quvchilarning boshqa huquq va majburiyatlari 
qonunchilik hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi. 
64. Tegishli soha bo„yicha oliy ma‟lumotli, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy 
sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan 
shug„ullanish huquqiga egadir. 
65. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining pedagog-o„qituvchilari o„zlariga yuklangan 
majburiyatlardan tashqari shaxsni shakllantirish va nuqsonlarini korreksiyalash, jismoniy va psixik 
nuqsonlarini bartaraf etish, nuqsonlar bilan bog„liq bo„lgan bilish faoliyatidagi o„ziga xosliklarni 
me‟yorga keltirish, bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib 
boradilar. 
66. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining tarbiyachisi rivojlanishdagi nuqsonlarni 
korreksiyalash ishlarida o„qituvchi ishlarini davom ettiradi, jismoniy yoki psixik nuqsonlar sababli 
yuzaga keladigan psixik yoki jismoniy rivojlanish xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda 
o„quvchilarga individual yondashuvni amalga oshiradi, o„z guruhidagi o„quvchilarning hayoti va 
salomatligi saqlanishi uchun javob beradi. 
67. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining tibbiyot xodimlari muassasa ma‟muriyati 
bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va o„quvchilarning psixofizik holatini 
mustahkamlash, dispanserizatsiya, profilaktika chora-tadbirlarini va epidemiyalarga qarshi 
sanitariya-gigiyena tartibini, bolalarni chiniqtirish, ovqatlanishi, shu jumladan, parhez taomlar bilan 
ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar. 
68. Ota-onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar bolalarning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish, ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining ta‟lim-tarbiya faoliyati va bu erda 
farzandiga ko„rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam bilan tanishish huquqiga ega. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə