|
Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risidaAlohida ta‟lim ehtiyoji bo„lgan o„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidanInklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.2021Alohida ta‟lim ehtiyoji bo„lgan o„quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasidan
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni
rivojlantirish agentligi muassasasiga o„tkazish
TARTIBI
Mazkur Tartib alohida ta‟lim ehtiyoji bo„lgan o„quvchilarni (keyingi o„rinlarda —
o„quvchilar) jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar (shaxslar) uchun
davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) (keyingi o„rinlarda —
maktab-internat)dan O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy
xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasiga o„tkazishni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi:
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi muassasasi (keyingi o„rinlarda —
davolash-profilaktika muassasasi) — ruhiy va asab tizimi kasalliklari va ularning asoratlari, sil
kasalligining barcha turlari va davrlarida davolanish uchun mo„ljallangan shifoxonalar hamda
barcha turdagi bolalar sanatoriylari;
O„zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasi
(keyingi o„rinlarda — “Muruvvat” internat uyi) — O„zbekiston Respublikasida doimiy
yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo„lgan, 4 yoshdan 18
yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi.
2. O„quvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat”
internat uyiga o„tkazish maktab-internat pedagogik kengashining qaroriga asosan, hududiy xalq
ta‟limi boshqarmalari huzuridagi bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-
internatlarga) yuborish bo„yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi o„rinlarda —
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya) xulosasiga ko„ra, o„quvchining ota-onasi yoki ularning
o„rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o„rinlarda — ota-onalar) roziligi bilan amalga oshiriladi.
3. Maktab-internat rahbariyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasida
o„qishga layoqati bo„lmagan o„quvchilarni davolash-profilaktika muassasasi yoki “Muruvvat”
internat uyiga joylashtirishga ko„maklashishi shart.
4. O„quvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga hamda
“Muruvvat” internat uyiga o„tkazish bepul amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|