6. O„quvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish uchun
uning ota-onasi o„tkazish sabablarini, davolash-profilaktika muassasasi nomini ko„rsatgan
holda
maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko„chirma hamda tibbiyot muassasasi
davolovchi vrachining o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish zarurligi
to„g„risidagi xulosasi ilova qilinadi.
7. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning
yozma roziligini olgan
holda o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish choralarini ko„rishi lozim:
maktab-internat tibbiyot xodimi tomonidan o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga
o„tkazish to„g„risida tavsiya berilganda;
tibbiy ko„rik paytida o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar
aniqlanib, uni statsionar sharoitda davolash lozim deb topilganda.
8. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning
pedagogik kengashi tomonidan ko„rib chiqiladi. Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-
internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga ko„ra quyidagi hujjatlarni
taqdim etadi:
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko„chirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi
vrachining o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazish zarurligi to„g„risidagi
xulosasi;
maktab-internat tibbiyot xodimining o„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga
o„tkazish to„g„risidagi tavsiyanomasi;
o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar
aniqlanganligi haqida
tibbiy ko„rikdan o„tkazgan vrachning xulosasi.
9. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko„rib
chiqiladi.
10. O„quvchini davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilish uchun ota-onalar yoki
maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi;
maktab-internat tomonidan berilgan o„quvchi ta‟lim olayotgan sinf ko„rsatilgan
ma‟lumotnoma;
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma.
11. O„quvchi davolash-profilaktika
muassasasiga qabul qilingach, unga kasallik tarixi
ochiladi hamda shu kun o„quvchi davolash-profilaktika muassasasiga o„tkazilgan kun hisoblanadi.
Davolash-profilaktika muassasasi shu kunning o„zida o„quvchining ota-onasiga va maktab-
internatga o„quvchining davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilinganligi to„g„risida
ma‟lumotnoma taqdim etadi.
12. O„quvchining davolash-profilaktika muassasasidagi davolanish muddati tugaganidan
so„ng uning ota-onasiga yoki maktab-internatga davolash-profilaktika
muassasasi rahbari
tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan sinf jurnalidan ko„chirilgan baholash
qaydnomasi hamda o„quvchining davolash-profilaktika muassasasida davolanganligi to„g„risida
ma‟lumotnoma beriladi.
Dostları ilə paylaş: