|
Qarori alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to„G„risida-bob. O„quvchini xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazishInklyuziv ta\'lim .638-son qaror. 12.10.20216-bob. O„quvchini xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazish
46. Ota-onalar o„qish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy
yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan bo„lsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha
yashash uchun ketayotgan davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazish huquqiga ega.
Oldingi
tahrirga qarang.
47. Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga o„tkazish uchun uning
sabablarini ko„rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga
Bolalar masalalari bo„yicha hududiy komissiyaning voyaga yetmaganni maktab o„quvchilari
safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan ko„chirma ilova qilinadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
48. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida ko„rib chiqilib,
o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida buyruq qabul qilinadi.
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to„g„risida imzo
qo„ydirib, ularga mazkur Tartibning
18-bandida
belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni
olganligi to„g„risida tilxat oladi.
49. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati o„quvchining maktab-internatda
saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yig„majildiga tikib qo„yiladi.
50. O„quvchilar safidan chiqarish to„g„risidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf
jurnali va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
51. Maktab-internat direktori tomonidan xorijiy davlatdagi ta‟lim muassasasiga
o„tkazilayotganligi sababli o„quvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar to„g„risidagi
ma‟lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har o„quv yili choraklari oxirida tegishli tuman (shahar)
xalq ta‟limi bo„limiga, tuman (shahar) ichki ishlar bo„limiga (boshqarmasiga) va Bolalar masalalari
bo„yicha hududiy komissiyaga taqdim etiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Dostları ilə paylaş: |
|
|