15. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan
holda o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish choralarini ko„rishi lozim:
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlari tomonidan
muassasa rahbariyatiga
o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish to„g„risida tavsiya berilganda;
tibbiy ko„rik paytida o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar
aniqlanib, uni “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish lozim deb topilganda.
16. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning
pedagogik kengashi tomonidan ko„rib chiqiladi.
Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-internat direktori psixologik-tibbiy-pedagogik
komissiyaga tegishliligiga ko„ra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bolaning rivojlanish tarixidan mufassal ko„chirma hamda tibbiyot
muassasasi davolovchi
shifokorining o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish zarurligi to„g„risidagi xulosasi;
maktab-internat tibbiyot hamda pedagog xodimlarining o„quvchini “Muruvvat” internat
uyiga o„tkazish to„g„risidagi tavsiyanomasi;
o„quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy o„zgarishlar
aniqlanganligi haqida
tibbiy ko„rikdan o„tkazgan vrachning xulosasi.
17. Taqdim etilgan hujjatlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan ko„rib
chiqiladi.
18. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning o„quvchini “Muruvvat” internat uyiga
o„tkazish to„g„risidagi xulosasiga muvofiq o„quvchi ta‟lim olayotgan
maktab-internat direktori
o„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida buyruq qabul qiladi.
19. O„quvchini maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarish to„g„risida buyruq
chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va o„quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
20. “Muruvvat” internat uyiga o„tkazish uchun maktab-internat o„quvchilari
safidan
chiqarilgan o„quvchining ota-onasiga maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar
taqdim etiladi:
o„quvchining maktab-internat o„quvchilari safidan chiqarilganligi to„g„risidagi buyruqdan
ko„chirma;
o„quvchining baholar (o„zlashtirish) tabeli;
o„quvchining tibbiy kartasi;
maktab-internat tomonidan berilgan psixologik-pedagogik tavsifnoma.
Dostları ilə paylaş: