1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan, shuningdek, uzoq
vaqt davolanishga muhtoj bo„lgan bolalarning uyda yakka tartibda ta‟lim olishlarini tashkil etish
tartibini belgilaydi.
2. Uyda yakka tartibda ta‟lim olish jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan,
shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy ko„rsatmalarga ko„ra doimiy yoki vaqtincha
umumiy o„rta ta‟lim
tashkilotlari va jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo„lgan bolalar
uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ga (keyingi
o„rinlarda — maktab) qatnay olmaydigan bolalar (keyingi o„rinlarda — o„quvchilar) uchun tashkil
etiladi.
O„quvchilarning ta‟lim olish huquqini ta‟minlash maqsadida maktabning tegishli sinfida
o„qiyotgan bolalardan ikki yoshga oshgan o„quvchilarni ham ushbu
sinfda uyda yakka tartibda
ta‟lim olishga jalb qilishga ruxsat etiladi.
3. Uyda yakka tartibda ta‟lim berishning asosiy maqsadi o„quvchilarning ta‟lim olishga
bo„lgan huquqlarini ta‟minlash hamda ularning ta‟lim olishlari uchun
zarur sharoit yaratishdan
iborat.
2-bob. O„quvchilarga uyda yakka tartibda ta‟lim berishning maqsadlari
4. Quyidagilar uyda yakka tartibda ta‟lim berishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o„quvchilarning umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartlari
hamda ular asosida
ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta‟lim talablariga muvofiq bilim olishlarini
ta‟minlash;
barkamol, jismonan va ma‟naviy sog„lom
shaxsni voyaga yetkazish, o„quvchilarda
madaniy-ma‟rifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
ta‟lim berish jarayonida o„quvchilarning sog„lig„ini himoyalovchi
dars jadvaliga rioya
etilishini ta‟minlash.
Dostları ilə paylaş: