Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
o„quvchining tug„ilganlik to„g„risidagi
guvohnomasi nusxasi;
o„quvchining baholar (o„zlashtirish) tabeli (ta‟lim olgan bo„lsa);
tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi.
11. Maktab direktori arizani qabul qilib olgach, uch kun ichida o„quvchini uyda yakka
tartibda ta‟lim olishga jalb qilish haqida tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limiga ota-onalar tomonidan
taqdim etilgan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yozma murojaat qiladi.
12. Tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limi mudiri hujjatlarni qabul qilib olgach,
uch kun
ichida o„qitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni ko„rsatgan holda o„quvchini uyda
yakka tartibda ta‟lim olishga jalb qilish to„g„risidagi buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini
maktabga yuboradi.
13. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda maktabda asosiy ish joyi sifatida
ishlamaydigan o„qituvchilar yoki mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
O„quvchida bir vaqtning o„zida bir necha kasallik turlari uchrasa yoki unga fan
o„qituvchilaridan tashqari boshqa mutaxassislar (logoped,
psixolog, defektolog va boshqalar)
maktabda bo„lmagan taqdirda, boshqa ta‟lim muassasalaridan o„rindoshlik asosida jalb qilinadi.
O„quvchiga fan o„qituvchilaridan tashqari mutaxassislarni biriktirish uchun tuman (shahar)
xalq ta‟limi bo„limlari mas‟ul hisoblanadi.
14. Maktab direktori tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limining tegishli buyrug„ini olgach,
uch kun ichida o„quvchiga uyda yakka tartibda ta‟lim beruvchi o„qituvchilarni biriktirish to„g„risida
buyruq chiqaradi.
O„quvchi yoshi, psixik holati, avval qaysi sinfgacha o„qiganligi inobatga olinib muayyan
sinf jurnali va o„quvchilar harakati daftaridagi ro„yxatga kiritiladi.
15. Ota-onalarning istagiga ko„ra, o„quvchiga jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari
bo„lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalari tomonidan uyda yakka tartibda
ta‟lim berish tashkil qilinishi mumkin.
Mazkur toifadagi o„quvchilarga Qoraqalpog„iston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi,
viloyatlar xalq ta‟limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta‟limi bosh boshqarmasi huzurida
tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi va ushbu organlarning yo„llanmasi
asosida uyda yakka tartibda ta‟lim berish tashkil qilinadi.
16. Uzoq vaqt davolanishga muhtojligi sababli maktabga bora olmaydigan o„quvchilarga
mehnatga layoqatsizlik ma‟lumotnomasiga asosan o„quv mashg„ulotlaridan
ozod etilgan kunlar
oralig„ida uyda yakka tartibda ta‟lim olish tashkil etiladi.
Mehnatga layoqatsizlik ma‟lumotnomasida ko„rsatilgan muddat tugagach, maktab
direktorining buyrug„iga muvofiq o„quvchiga uyda yakka tartibda ta‟lim berish to„xtatiladi va u
maktabning tegishli sinfiga qaytariladi.
17. Tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limlari maktab direktorlari tomonidan o„quvchilarni
ta‟lim olishga jalb qilish choralari ko„rilishi hamda ular uchun ta‟lim jarayoni tashkil etilishini
nazorat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: