ota-onalarning ta‟lim jarayoni bilan bog„liq murojaatlarini o„z muddatida ko„rib chiqish va
ularda ko„tarilgan masalalarni hal etish choralarini ko„rish.
Maktab direktori zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlar ham
yuklatilishi mumkin.
30. Maktab direktori o„quvchining sog„lig„i holatini inobatga olib uning sog„lom bolalar
bilan o„zaro muloqot qilish malakasini rivojlantirish hamda hayotga ijtimoiylashuviga
ko„maklashish maqsadida o„quvchini inklyuziv sharoitda ta‟lim olishi uchun maktabdagi dars
mashg„ulotlariga, darsdan tashqari o„tkaziladigan ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarga hamda korreksion-
rivojlantiruvchi mashg„ulotlarga jalb qilishi mumkin.
31. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda sinf
rahbarining majburiyatlari
quyidagilardan iborat:
dars mashg„ulotlarining olib borilishini nazorat qilish;
ota-onalar va o„quvchining o„qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta‟minlash;
o„quvchining sog„lig„i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda
yoki sinfda o„tkaziladigan ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlarga taklif etish.
32. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda o„qituvchining majburiyatlari
quyidagilardan iborat:
o„quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o„quv dasturlarining
o„zlashtirilishini ta‟minlash;
o„quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta‟minlash,
atrof muhit va ijtimoiy
hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
o„quvchining ma‟naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-
tuyg„ularini tarbiyalash;
o„quvchida
darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash
malakasini rivojlantirish;
dars mashg„ulotlari rejasini tuzish;
dars mashg„ulotlariga oid bo„lgan hujjatlarni o„z vaqtida yuritish hamda o„quvchining
o„zlashtirishi bo„yicha baholash daftariga qo„yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o„quvchilarning
davomati va o„zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.
Sinf rahbari va o„qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va
majburiyatlarga ham ega bo„lishi mumkin.
33. O„quvchiga ta‟lim berayotgan o„qituvchilarga belgilangan tartibda qo„shimcha soatbay
haq va yo„l haqi kompensatsiyasi to„lanadi.
34. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda ota-onalarning
huquqlari quyidagilardan
iborat:
farzandining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
dars mashg„ulotlarining o„z vaqtida o„tkazilishini nazorat qilish;
o„qituvchining ruxsati bilan dars mashg„ulotlarida qatnashish;
farzandining ta‟lim-tarbiya olishi uchun zarur hollarda o„qituvchi, psixolog, defektolog va
boshqalardan maslahat olish;
farzandiga ta‟lim berayotgan o„qituvchi faoliyatidan qoniqmagan taqdirda,
uni boshqa
o„qituvchi bilan almashtirish to„g„risida maktab rahbariyatiga murojaat etish;
dars jadvalini tuzish, o„quv dasturlarini belgilash bo„yicha takliflar berish.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi mumkin.
35. Uyda yakka tartibda ta‟limni tashkil etishda ota-onalarning majburiyatlari
quyidagilardan iborat:
farzandining ta‟lim olishga bo„lgan qiziqishini qo„llab-quvvatlash;
vrach tavsiyalari va farzandining kun tartibi to„g„risida o„qituvchini o„z vaqtida xabardor
qilish;
dars mashg„ulotlarining olib borilishi hamda o„qituvchi faoliyati uchun zarur shart-sharoit
yaratish;
o„quvchining sog„lig„i to„g„risida maktab rahbariyatini o„z vaqtida xabardor qilish;
o„qituvchi dars mashg„ulotlariga kelmay qo„ygan taqdirda, bu haqda maktab rahbariyatini
xabardor qilish;
farzandi tomonidan uy vazifalarining bajarilishini ta‟minlash.
Ota-onalar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
yuklatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: