17. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga yo„llangan chin yetim va ota-onasining
qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig„majildida
16-bandda
ko„rsatilgan
hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham bo„lishi kerak:
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy (homiy) tayinlash yoki uni ta‟lim muassasasiga
joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;
ota-onalar yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma‟lumotlar (ota-onalarning
pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, sudning hukmi yoki qarori,
ota-onasining surunkali kasalligi yoki
qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yo„qligi yoki
ularning o„z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi hujjatlar);
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo„lsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun
amalga oshirilgan choralar va bunga mas‟ul shaxslar to„g„risidagi ma‟lumotlar ko„rsatilgan mulk
ro„yxati;
bolaga turar joy biriktirilganligi to„g„risidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari,
turar joy
chizmasi nusxalari, turar joyning egasi va xususiylashtirilganligi holati to„g„risida tuman (shahar)
yer resurslari va davlat kadastri bo„limidan ma‟lumotnoma);
pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi
sud qarori, omonat daftarchasi.
18. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta
va undan ko„p yetishmovchilik bo„lgan bolalar) qabul qilinmaydi.
19. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
aqli zaif bolalar;
xulq-atvorida og„ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo„lgan
bolalar;
yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar;
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo„lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va
o„z-o„ziga xizmat ko„rsata olmaydigan bolalar;
ko„r-kar-soqov bolalar;
tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya,
kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog„i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini
ushlab turolmaydigan
bolalar.
20. Ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi direktori o„quvchilarning qabul qilinishi uchun
belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
Dostları ilə paylaş: