Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/40
tarix11.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145173
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

2. Tik chiziqlar
Tik chiziqlar — yo‘l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo‘l-yo‘l, oq-qora
(sariq-qora, qizil-oq) chiziqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatishda, ko‘z
bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug‘diradigan yo‘l inshootlarining tik
elementlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalar, ustunlar va boshqalar)ni bildiradi;


2.2 — tunnellar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
2.3 — ajratish mintaqalaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
2.4 — yo‘naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to‘siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
2.5 — yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining
yon yuzalarini bildiradi;
2.6 — boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi;
2.7 — xavfli joylardagi to‘siqni (bordyurni) va yo‘l sathidan baland bo‘lgan xavfsizlik
orolchalarini bildiradi.


Yo‘l harakati 
qoidalariga
3-ILOVA
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar
1. Tormoz tizimlari
1.1. Tormoz tizimining konstruksiyasi o‘zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos
kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko‘zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa
qismlar qo‘llanilsa.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son
qarori 
bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha
xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan talablarga mos kelmasa.
1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa.
1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining
zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada
tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lishi. G‘ildiraklardagi tormoz
kameralaridan siqilgan havo chiqishi.
1.5. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa.
1.6. To‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda
ushlab tura olmasa:
to‘liq jihozlangan holatdagi transport vositalarini — 16 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;
to‘liq jihozlangan holatdagi yengil avtomobillarni va avtobuslarni — 25 foizdan kam bo‘lmagan
qiyalikda;
to‘liq jihozlangan holatdagi yuk avtomobillarini va avtopoyezdlarni — 31 foizdan kam
bo‘lmagan qiyalikda;
Izoh: To‘xtab turish tormoz tizimi sinovdan o‘tkazilayotganda dvigatel transmissiyadan ajratilgan bo‘lishi kerak.
2. Boshqaruv qurilmasi


2.1. Boshqaruv qurilmasining lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi
sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə