Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya kafedrasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə15/18
tarix26.05.2022
ölçüsü2,38 Mb.
#88020
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Islandiya va Irlandiya

Teatri. Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati Irlandiyada majusiylik davridan mavjud. 16-asrda Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-asr dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 yil U. B. Yits va A. Gregori Dublinda Irlandiya adabiy teatrini tuzdilar. 1901 yilda Irlandiya milliy drama jamiyati, 1904 yilda uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr")da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 yil drama ittifoqi tashkil topdi. 1928-1931 yillarda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 yilda E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 yildan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.

Kinosi. Kinosiga 1936 yil asos solingan. 30— 40-yillarda Irlandiya kino instituti tashkil boʻlgan. 1958 yildan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 yil "Quvilganlar" badiiy filmi (rejissyor Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rejissyor lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 yilda kinematografiyachilar birlashmasi tuzilgan.


2.3. XO`JALIGI, TRANSPORTI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI

Xoʻjaligi Irlandiya — industrial mamlakat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan koʻproqni tashkil etadi. 50-yillargacha Irlandiya iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi va chorvachilik ustun boʻlgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi ogʻir sanoat tarmoqlarini va ichki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, oʻrmon, toʻqimachilik, yengil sanoat kabi anʼanaviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli Irlandiya oʻsish surʼatlari jihatidan Yevropada oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish koʻpaydi.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə