Qarshi davlat universiteti geografiya va agronomiya fakulteti geografiya kafedrasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə16/18
tarix26.05.2022
ölçüsü2,38 Mb.
#88020
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Islandiya va Irlandiya

Sanoati tabiiy resurslari torf, qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush, tabiiy gazning katta, toshkoʻmir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi oʻrinda. Metallurgiya (asosan, poʻlat eritish), mashinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yigʻish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida goʻsht, sut, yogʻ, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida Irlandiya dunyoda oldingi oʻrinda turadi. Irlandiya energiyaga boʻlgan ehtiyojining 40% ni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida chetdan keltiriladigan neftning ulushi kamayib, koʻmir va torfning ulushi oshib bormoqda. Irlandiyada yiliga oʻrtacha 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada tashqari AQSHGermaniyaFransiyaYaponiyaning mavqei kuchli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi.

Qishloq xoʻjaligi chorvachilik-mamlakat qishloq xoʻjaligining asosiy tar-mogʻi hisoblanadi: bu tarmoq yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qoʻy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xoʻjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha yerga ega boʻlgan oʻrta va kichik fermer xoʻjaliklaridir. Qishloq xoʻjaligi ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga toʻgʻri keladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamlakatning donga boʻlgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Irlandiyada oz miqdorda qand lavlagi, suli, arpa, bugʻdoy, kartoshka yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan.

Transporti temir yoʻl uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari-Dublin, Kork. Irlandiya chetga mashina va asbob-uskuna, krra-mol, oziqovqat, kimyo, toʻqimachilik mahsulotlari va shahri kabilar chiqaradi. Chetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldoga erishildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSh va Rossiya. Pul birligi — irland funti.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə