Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

 
8-mashg’ulot. 
Mavzu: Sarkodalilar sinfi (Sarcodina). Vakillari: amyoba, arsella, difflyugiya, 
foraminifera. 
Ishning maqsadi
: Oddiy amyobaning tuzilishini о‘rganish, amyobaning 
xilma-xil turlari bilan tanishish. Chig’anoqli amyobalar va foraminifеralarning 
tuzilishi va xilma-xilligi bilan tanishish, ular haqida ma`lumot bеrish. 
Kerakli materiallar va jihozlar: 
Amyobali suv namunasi, chig’anoqli 
amyobali suv namunasi, mikroskoplar, buyum va qoplag‘ich oynalar, tomizgich, 
salfetkalar, amyobalar tuzilishi aks yettirilgan jadvallar, filtr qog‘ozlar, tablitsalar, 
Pеtri kosachasi va boshqalar. 
Ishning 
mazmuni.
Amyobalar o’lmaydigan va tagida o’simlik 
chirindilariga boy bo’lgan ko’l va hovuz suvlarida yashaydi. Amyobaning kattaligi 
0,2-0,7mm bo’lib, sitoplazmadan iborat (16-rasm).
Amyobaning tashqi tomoni tiniq parda-plazmolemma bilan o’ralgan. Sitoplazma 
aniq ikki qismdan iborat. Sitoplazmaning tashqi birmuncha tiniq va quyuqroq 
qavati e k t o p l a z m a, suyuqroq va donador ichki qavati - e n d o p l a z m a 
hisoblanadi. Bu qavatlar o’rtasida ajralib turadigan chegara moddalar bo’lmaydi. 
Shuning uchun ham ularni biri ikkinchisiga aylanishi mumkin. Amyobaning 
tanasida soni, shakli va katta-kichikligi bilan bir-biridan farqlanuvchi o’simtalari 
mavjud. Bu o’simtalar «Soxta oyoqlar» yoki psevdopodiyalar deb ataladi. «Soxta 
oyoqlar» deb atalishiga sabab, tanasining biror qismidan oyoqlar xosil bo’lsa, 
harama-harshi tomondagi oyoqlar chisharib sitoplazmaga qo’shilib ketadi.Shu 
sababli oyoqlarining soni, shakli va hajmi o’zgarib turadi, doimiy emas
shuningdek amyobaning tana shakli ham har xil ko’rinishda bo’ladi (9-rasm).


16-rasm. Oddiy amyoba-Amoeba proteus ning tuzilishi. 
1-ektoplazma; 2-endoplazma; 3-hamrab olinayotgan oziq bo’laklari; 
4-qisharuvchi vakuola; 5-yadro; 6-ovqat hazm qiluvchi vakuola. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə