Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

49-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish 
sistemasi:
1- ayirish bezi; 2 - jabralar; 3 - yurak: 4 - orqa qon tomiri; 5 - qorin qon tomiri. 
Ayirish organlari tananing bosh qismidagi antennalarning asosida joylashgan 
va shu yerda tashqariga ochiladi. Joylashgan о‘rniga kо‘ra ularni antennial bezlar, 
rangiga qarab esa yashil bezlar deyiladi. Bezning bir uchi kengayib qovuqqa 
aylanadi. Gemolimfadan ajralgan moddalar diffuziya yо‘li bilan qovuqqa yig‘ilib, 
tashqariga chiqariladi. Tuzilish jihatidan bu bezlar xalqali chuvalchanglarning 
metanefridiylariga о‘xshaydi, lekin naychalarning uchlarida kiprikchali varonkasi 
bо‘lmasligi bilan ulardan farq qiladi. 
Qisqichbaqaning nafas olish organlari jabralardan iborat. Ular bosh 
qismidagi 2-3 juft jag‘oyoqlarning va 4 juft yurish oyoqlarining asosida, 
kо‘krakning ikki yon tomonidagi jabra bо‘shlig‘ida joylashgan. 
Ovqat hazm qilish sistemasi boshning ostki qismidagi og‘izdan boshlanadi. 
Ichagi oldingi, о‘rta va keyingi bо‘limlardan iborat. Oldingi va keyingi ichaklari 
ektodermadan hosil bо‘lgan, ularning ichki yuzasi xitinli kutikula bilan qoplangan. 
Oldingi ichakning о‘zi qizilо‘ngach, kardial va pelorik oshqozon qismlariga 
ajraladi. Qizilо‘ngach va u kelib ochiladigan kardial oshqozonning ham ichki 
yuzasi xitinli kutikula bilan qoplangan bо‘ladi. Bu bо‘limning keyingi qismida 
xitin “tishcha”lar va boshqa turdagi ovqatni maydalovchi moslamalari bо‘lib, uni 
“oshqozon tegirmoni” deyiladi. Oshqozonning oldingi qismida oxakdan iborat 
dumaloq moslamalar bо‘ladi. Bular qisqichbaqa pо‘st tashlagandan keyin unda 
rivojlanadigan yangi pо‘stni oxak moddasi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Karidal oshqozonda maydalangan ovqat pilorik oshqozonga о‘tadi. Bu yerda ovqat 


zarralari siqiladi va yirik zarralardan ajratib sizib suyuq moddalar о‘rta ichakka 
о‘tkaziladi. Maydalanmasdan qolgan ovqat zarralari pilorik oshqozon maxsus 
tuzilishga ega bо‘lganligi uchun о‘rta ichakka tushmasdan, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri orqa 
ichakka о‘tadi va tashqariga chiqadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə