Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

22 – mashg’ulot.
Mavzu: Yuksak qisqichbaqasimonlar. O‘noyoqlilar turkumi (Decapoda). 
Daryo qisqichbaqasining tashqi va ichki tuzilishi. 
 
Ishning maqsadi: 
Daryo qisqichbaqasi (Astasus sr) misolida qisqichbaqasimonlar 
(Malasostrasa) sinfining tashqi, ichki tuzilishi va rivojlanishini о‘rganish. 
Kerakli materiallar va jihozlar:
Daryo qisqichbaqaning tashqi va ichki 
tuzilishini aks ettiruvchi kо‘rgazma rasmlar, qо‘l lupasi, о‘tkir uchli qaychi, 
qisqich, bо‘sh idishlar, tо‘g‘rilagich nina, vannacha, Petri kosachasi, suv 
tо‘ldirilgan idishlar, fiksatsiya qilingan dafniya, daryo qisqichbaqasi. 
Ishning mazmuni:
Daryo qisqichbaqasining tanasi yoshiga va jinsiga qarab 
8-15 sm uzunlikda bо‘ladi.qisqichbaqa kunduz kunlari inlarida yashirinib, tunda 
esa faol xarakat qiladi va ovqat izlaydi. Ular har xil oziqlanadilar, kо‘pincha 


о‘limtiklarni, mayda baliqlar, itbaliqlarni, shuningdek, tarkibida oxak moddasi 
kо‘p bо‘lgan о‘simliklarni yeydi. 
48-rasm. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi:
1 - boshkо‘krak; 2 - qorin; 3 - uzun mо‘ylov; 4 - kalta mо‘ylov; 5 - jag‘lar; 6 - 
jag‘oyoqlan 7 - qisqich; 8 - yurish oyoqlari; 9 - qorin oyoqlari; 10 - dum suzgich. 
Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Jinsiy demorfizm (qarama-qarshi jinslarning bir-
biridan farqi) aniq ifodalangan. Urg‘ochilarining qorin qismi erkaklarinikiga 
nisbatan kengroqdir. 
Daryo qisqichbaqasining tanasi akron (bosh qismining birinchi segmenti) va 
telsondan (tanasining oxirgi segmenti) tashqari 18 ta segmentdan iborat. Bu 
segmentlarning har birida juft о‘simtalar bо‘lib, ular turli xil vazifalarni bajarishga 
moslashgan va о‘z shakl jihatidan о‘zgargan oyoqlar bо‘lib xisoblanadi.
Qisqichbaqaning qorin qismi 6 segmentdan iborat. Shunga muvofiq unda olti juft 
oyoqlar mavjud. Bularning eng oxirgisi – oltinchi jufti suzgich plastinkalar yoki 
uropodalardir. Ular bо‘g‘imlarga bо‘linmagan va ancha yassilangan. Uropodalar 
qisqichbaqa tanasining oxirida joylashgan telson bilan birgalikda suzgich yoki 
“dum yelpig‘ichi”ni hosil qiladi. 
Qisqichbaqaning qorin qismidagi hamma oyoqlari ikkita ayrichadan – ichki 
endopodit va tashqi ekzopoditlardan iboratdir. Kо‘krak qismi 8 segmentdan tashkil 
topgan bо‘lib, ularda uch juft jag‘oyoqlar va besh juft yurish oyoqlari joylashgan. 
Yurish 
oyoqlarining 
birinchi 
jufti 
boshqa 
oyoqlarga 
nisbtan 
ancha 
rivojlangaYurish oyoqlarining birinchi jufti boshqa oyoqlarga nisbtan ancha 
rivojlangan va uning uchi kuchli qisqichga aylangan bо‘lib, ikki tomonida ohakli 
xitindan iborat “tishchalari” bor. Jag‘oyoqlari turli xil vazifani bajaradi. Ular 
orasida 2- va ayniqsa 3-jufti ancha rivojlangan, uning endopoditi ham jabraga 
aylangan. 
Qisqichbaqaning bosh qismida jag‘larga aylangan oyoqlar, ularning 
о‘simtalari va sezgi organlari joylashgan. Jag‘lari 3 juft bо‘lib, ulardan ikki jufti 
pastki va bir jufti yuqorigi jag‘larni tashkil qiladi. Pastki jag‘ning ikkinchi asosi 4 
parrakli plastinka shaklida tuzilgan bо‘lib, uning endopoditi uzun о‘simtaga, 
ekzopoditi esa skafognatit “kemacha”ga aylangan. 
Qisqichbaqaning bosh qismida sezgi organlari joylashgan. Ikki ayrichalik 
antennalari tuyg‘u organlaridir, antennulalari esa kimyoviy sezgi organidir. 
Shunday qilib qisqichbaqaning tana segmentlarida joylashgan oyoqlar kelib 


chiqishi va bajaradigan vazifalari jihatidan kо‘pqilli halqali chuvalchanglarning 
bosh qismidagi sezgi organlari va parapodiyalari bilan о‘xshashdir. 
Qisqichbaqaning qon aylanish sistemasi ochiq, ya’ni aralash tana bо‘shlig‘i 
– miksotsel bо‘lganligi uchun qon tomirlar sistemasi tutashgan emas. Shunga kо‘ra 
qon tana bо‘shlig‘ining qismlari bо‘lgan sinuslarda ham aylanib yuradi. Demak 
qisqichbaqaning qoni tana suyuqligi – gemolimfahamdir. 
Yurak qisqichbaqaning yelka tomonida miksotselning alohida bir qismi 
yurakoldi bо‘shlig‘i (perikardiy) bilan о‘ralgan holatda joylashgan. Yurakdan 5 ta 
asosiy arteriya tomirlari chiqadi. Yurak kengayganda (diastola) ostiyalar ochilib 
qon yurakoldi bо‘shlig‘idan yurakka о‘tadi, yurak qisqarganda esa (sistola) 
klapinlar (ostiyalar) yopiladi va qon yurakdan chiqib, arteriya tomirlari bо‘ylab 
tananing turli qismlariga, organlar orasidagi bо‘shliqqa va lakunalarga kelib 
qо‘yiladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə