Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

50-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi:
1-og‘iz; 2 - katta oshqozon; 3 - kichik oshqozon; 4 - ichak; 5 – halqumusti nerv 
tuguni; 6 - halqumosti nerv tuguni; 7 - qorin nerv zanjiri; 8 - jinsiy bez. 
Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Erkaklarida bitta urug‘don bо‘lib, uning oldingi 
qismi ikki ayrichadan iborat. Bu esa urug‘donning juft organdan kelib 
chiqqanligini
bildiradi. Urug‘dondan chiqadigan juft urug‘ yо‘llari beshinchi juft yurish 
oyoqlarining asosida, juft jinsiy teshikchalar orqali tashqariga ochiladi. 
Urg‘ochilarida tuxumdon toq bо‘ladi. Uning juft tuhum yо‘llari uchinchi juft 
kо‘krak oyoqlarining asosida ochiladi. 
Markaziy nerv sistemasi halqumosti, halqumusti nerv tugunlaridan va qorin 
nerv zanjiridan tashkil topgan. Bu nerv tugunlari bir-biri bilan konnektivalar orqali 
tutashgandir. Halqumosti nerv tuguni 5 juft kо‘krak va 6 juft qorin nerv 
tugunlaridan tashkil topgan qoritn nerv zanjirlarining birinchi juft nerv tuguni 
bо‘lib hisoblanadi. 
Ishning bajarish tartibi:
Fiksatsiya qilingan daryo qisqichbaqasini erkak va 
urg‘ochilarining farqlarini aniqlang. Qisqich yordamida kо‘krak va qorin 
oyoqlarini ajratib, ularni tartibi bilan qog‘oz ustiga terib, har bir qismga taalluqli 
bо‘lgan oyoqlarni kuzating. Urg‘ochi qisqichbaqaning birinchi va ikkinchi juft 
qorin oyoqlari- ning rivojlanganligiga e’tibor bering. Erkak qisqichbaqaning ham 
oldingi birinchi va ikkinchi juft qorin oyoqlari, qо‘shilish a’zosini kuzating. 
Qisqichbaqaning bosh qismidagi antenna, jag‘lari va jag‘ oyoqlarini tartibi bilan 
qog‘oz ustiga qо‘yib, ularning tuzilishini о‘rganing va raqamlar bilan belgilab 
chiqing. Boshkо‘krak qismining ikki yon tomonidan qirqib, uni ajratib oling va 
о‘simta-lariga e’tibor bering. Qorin tomonining oxirgi segmentida joylashgan 
anusini toping. 
Qisqichbaqaning ichki a’zolarini о‘rganish uchun uni qorin tomoni bilan kaft 
ustiga qо‘yib, bosh-kо‘krak bilan qorin qismini birlashtirib turuvchi pardani 
kesing. Kо‘krak qalqonining ikki yonidan kо‘z oldigacha о‘tqir qaychi bilan kesib, 
bosh-kо‘krak qalqoni- ni tanadan ajarating. Xuddi shuningdek qorin qismining 
ustki qismini ham kesib, qisqich yordamida uning tagidagi gipoderma - yupqa 


pardani olib tashlang va qisqichbaqaning yuragini kuzating. Yurakni ajratib olib 
suvga soling va qon tomirlarini kuzating. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə