Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

Ishning bajarilishi
. Fiksatsiya qilingan skolopеndralarni pеtri kosachasiga solib, 
ularning tashqi tuzilishini to’liq o’rganib chiqing. So’ngra uning bosh qismini 
ajratib olib, qo’l lupasi yordamida bosh qismidagi organlarni o’rganing. Jag’larini
ajratib olib buyum oynasiga qo’yib bir tomchi suv tomizing va yopqich oyna bilan 
yopib, mikroskopning kichik ob'еktivi orqali kuzating.
24 – mashg’ulot. 
Mavzu: Traxeyalilar kenja tipi (Tracheata). Hasharotlar (Insecta) sinfi. 
Vakillar: suvarak, chigirtka yoki qo‘ng‘izni tashqi tuzilishi. 

Ishning maqsadi:
Suvarak (
Blatta orientalis
) misolida hashoratlarni tuzilishini 
ba’zi bir morfologik belgilarini о‘zaro taqqoslab о‘rganish.

 

Kerakli materiallar va jihozlar:
Fiksatsiya qilingan va tirik suvaraklar 
(erkagi va urg‘ochisi) xloroform, vannachalar, ninalar, qо‘l lupalari, mayda 
qaychilar, binokulyarlar, jarrog‘lik pichoqlari, oq karton qog‘oz, (10x10) 
bо‘laklari, tablitsalar va boshqalar. 
Ishning mazmuni:
Suvaraklar odam yashaydigan uylarda, nonvoyxona, 
oziq-ovqat omborlari, namlik va iliq joylarda yashaydi. 
53-rasm. Suvarakning tashqi tuzilishi.
Suvarakning gavdasi 2-3sm uzunlikda bo’lib, tanasi bosh, ko’krak va qorin 
bo’limlaridan iborat. Gavda yelkadan qorin tomonga qarab yassilangan. Bosh 
bo’limi 5 ta segmentning qo’shilishidan xosil bo’lgan bo’lib, ko’krakka 
uchburchaksimon shakldagi ingichka boyincha orqali tutashgan. 


54-rasm. Suvarakning ichki tuzilishi.
A-orqa tomondan, B-yon tomondan ko’rinishi. 1-so’lak bezi rezervuari; 2-so’lak 
bezi; 3-jiqildon; 4-muskulli oshqozon; 5-o’rta ichak; 6-malpigi naychalari; 7-orqa 
ichak; 8,9-traxeya; 10-qorin nerv zanjiri; 11-urug’don; 12-jinsiy bezlar; 13-yurak; 
14-bosh miya; 15-simpatik nerv sistemasi; 16-orqa ichakning pilorik (ko’r) 
o’simtalari. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə