Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Suvarakning traxeya sistemasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/83
tarix30.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#165199
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya ka

57-rasm. Suvarakning traxeya sistemasi.
1-traxeya stvollari; 2-stigmalar; 3-oshqozon; 4-pilorik o’simtalar; 5-o’rta ichak; 
6-orqa ichak. 
Halqum usti nerv tuguni yoki bosh miya uch bo’limdan iborat. Oldingi bo’limi-
prototserebrum, o’rta-deytotserebrum va orqa bo’lim-tritotserebrum. 
Asosan uch juft traxeya naychalari bo’lib, ular tananing yon tomonida, yelka 
qismida va qorin tomonida joylashgan. Asosiy traxeya naychalari shoxlanib
mayda tarmoqlarga va juda ingichka traxeollarga bo’linadi. Bularning naychali 
o’simtalari to’qimalar va hujayralargacha kirib boradi. Ular orqali to’qimalarga 
kislorod kirib karbonat angidrid chihariladi. Traxeya naychalari nafas olish 
teshiklari-stigmalar orqali tashqi muhit bilan bog’langan bo’lib, ular qorin qismida 
joylashgan. Suvarakning traxeya sistemasi gazlar almashinishini ta'minlaydi. 
g)
Suvarakning ayiruv organlari sistemasi uning o’rta ichagi bilan orqa ichagining 
tutashgan joyiga kelib qo’shiladigan uzun ipsimon-malpigi naychalaridan iborat. 
Bu naychalarning erkin uchi berk, soni 80-100 tagacha bo’ladi.
Malpigi naychalari asosiy ayiruv organlari bo’lib, hasharot tanasidan ichak 
bo’shliqiga moddalar almashinuvida ajralgan chiqindi suyuqliklarni chiqarish 
uchun xizmat qiladi. Yog’ tanachalari ham ayiruv jarayonida ishtirok etadi. 
d)
Suvarakning markaziy nerv sistemasi halqum usti, halqum osti nerv tugunlari 
hamda qorin nerv zanjiridan tashqil topgan. 


58-rasm. hasharotlarning nerv sistemasi.
A,B-Qo’nqiz, V-Chivin. 
 
e)
Suvaraklar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm yaxshi namoyon bo’lgan. Urg’ochi 
jinsiy organlari bir juft tuxumdon, tuxum yo’li va qindan iborat. qin tashhariga 
jinsiy teshik bilan ochiladi. Erkaklik jinsiy sistemasi bir juft urug’don, urug’ yo’li, 
urug’ to’kuvchi kanal va qo’shimcha bezdan iborat. Urg’ochi va erkak jinsiy 
teshiklari anal teshigidan biroz pastroqda ochiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə