Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə28/166
tarix06.04.2022
ölçüsü3,82 Mb.
#85083
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166
fayl 1654 20210826

Yiroqlashgan auditoriya. Ushbu modelda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari keng qo‘llaniladi. Ma’lum bir ta’lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar sinxron teleko‘rsatuv, videokonferensiya, radioaloqa tarzida telekommunikatsiya kanallari orqali talabalar yig‘ilgan yiroqdagi auditoriyalarga namoyish qilinadi. Bu vaziyatda o‘qituvchi talabalar yig‘ilgan yirik auditoriya bilan ishlaydi.

Loyihalar. Masofaviy o‘qitishning ushbu modelidan davlat ahamiyatiga molik yirik masshtabli loyihalarni joriy qilishda foydalaniladi. Yaratilgan masofaviy kurslar u yoki bu mamlakatning katta auditoriyasiga namoyish qilinadi. Unda o‘qitish mavsumiy bo‘lib, o‘z maqsadiga erishilgandagina tugatiladi. Masofaviy o‘qitishning bu kursiga misol qilib ekologiya, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi agrotexnik usullar bilan tanishtirishga oid kurslarni keltirish mumkin. Masofaviy o‘qitishning loyihalash modelidan Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tashkilotlarida keng foydalanilmoqda.


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə