Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə33/166
tarix06.04.2022
ölçüsü3,82 Mb.
#85083
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166
fayl 1654 20210826

Maktabgacha ta’limda informatika fani elementlari bu turli-tuman o‘yinli dasturlar bo‘lib, bu yoshdagi bolalarga maxsus o‘yinli dasturlar orqali alifbo harflarini, ranglarni, matematik shakllarni o‘rgatish, turli rasmlarni chizish, fikrlashni rivojlantirish uchun qismlarni to‘ldiruvchi mashqlar bajartirish va hokazo amallar o‘rgatiladi. Bunda o‘rgatuvchi dasturlar, pedagogik dasturiy vositalar va trenajyorlardan foydalaniladi.

Maktabdagi o‘quv jarayonida o‘quvchini kasb egasi bo‘lishiga qiziqishini orttirishga erishish uchun:

  • informatika fani o‘qituvchisi kundalik darsni qiziqarli, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishi, fan sirlarini yetkaza bilishi, informatikani bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida kirib borayotganligini jonli misollar bilan tushuntirib, o‘quvchining qalbiga singdira olishi;

  • fan o‘qituvchisi informatika fanini metapredmetli yondashuv asosida aniq fanlar ayniqsa, fizika va matematika, kimyo, musiqa, chet tili va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini tushuntirib borishi, darsda va darsdan tashqari to‘garaklarda, “Zakovat” bellashuvlarida o‘quvchilar ongida informatikaga oid bilimlarni chuqur singdirib borishi;

  • informatika darsini pedagogik va axborot texnologiyalaridan, interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etib, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshishiga, mustaqil fikr yuritishi, kichik–kichik dasturlarni tuzib natija olishi, kompyuterda berilgan topshiriqlarni natijasini ko‘rib turishi, mustaqil qaror qabul qilishi, ijodiy faoliyatni yuzaga keltirishga erishishi va h.k.

  • maktabdagi ta’lim asosan fanni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu davrda o‘quvchilarning yoshi kasb tanlashning boshlang‘ich davrida bo‘ladi. Ana shu davrda o‘quvchilarni o‘zi qiziqqan kasbiga yoki kasbning kelajakda qanchalik muhim o‘rin egallashini yetarli darajada tushunib yetishiga qiynalishlar bo‘ladi. Shuning uchun informatika fani o‘qituvchisi o‘quvchining qiziqishlarini, fanni o‘zlashtirish darajasini hisobga olib, o‘quvchiga turli motivatsiyalar bilan ta’sir etishi lozim. Masalan, “Sizdan juda yaxshi informatika o‘qituvchisi chiqadi”, “Siz talabchan o‘qituvchi bo‘la olasiz”, “O‘qituvchi bo‘lishingiz uchun juda yaxshi qobiliyatlaringiz bor” va h.k.

  • O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari yosh jihatdan maktab o‘quvchilardan ancha ulg‘aygan bo‘lib, kasb-hunar, uni amalga oshirish haqida maktab yoshidagilardan kengroq fikrlaydigan, tushunadigan bo‘ladilar. Shunday bo‘lsada, bu yoshda ham ta’lim-tarbiya yosh xususiyatidan kelib chiqib davom ettiriladi.

  • pedagogika yo‘nalishidagi kollejlarda o‘quvchilar pedagog kasbini egallashiga e’tibor qaratilib, bunday kollejlarda ta’lim olganlarda o‘qituvchilik kasbini egallashga bo‘lgan moyillik boshqa yo‘nalishdagilarga qaraganda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Kasb-hunar kolleji (akademik litsey)larda ham informatika fani o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilarini aynan informatika o‘qituvchisi bo‘lishi uchun e’tiborli bo‘lishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu davrda maktabdagi ta’sirlar bilan birga, o‘quvchilarning o‘qituvchilakka bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarga:

  • informatika o‘qituvchisi o‘z kasbini sevib, fan sirlarni tushunarli, qiziqarli, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yetkazib bera olishlari;

  • o‘quvchilarda informatika va axborot texnologiyalarining jamiyatdagi o‘rni beqiyosligini, bu kasb egalari kelajakda o‘z ish o‘rinlari va mavqelariga ega bo‘la olishlari mumkinligini singdira olishi;

  • dars va darsdan tashqari tadbirlarda kichik mutaxassislarni pedagogik faoliyat, uning ijobiy tomonlarini yoritib bera olishga erishishlari va h.k.

  • o‘quvchi maktab davrida, kasb-hunar kolleji (akademik litsey) davridagi qiziqishlari, olingan bilimlari asosida oliy ta’limning informatika o‘qituvchisi tayyorlanadigan yo‘nalishlarida o‘qishga hujjat topshiradilar va talabalikkka muyassar bo‘ladilar. Endi ulardagi mutaxasislikni egallashdagi qiziqishlar ongli, mulohazali, dunyoqarashning kengayishi hisobidan amalga oshadi.

Oliy ta’limda informatika fani o‘qituvchiligiga qiziqish shu faoliyatni amalga oshiruvchisi sifatidagi shakllanishlarning asosini quyidagilar tashkil etadi:

maktab, kasb-hunar kolleji(akademik litsey)lardagi bazaviy bilimlarning rivojlantiriladigan bilimlarning berilishi talabada o‘rgangan bilimlarni kengaytirish mumkinligini tushunib yetishga olib keladi;

mutaxassislik fanlaridan nazariyani va amaliyot bilan bog‘lab tushuntirilishi, amalaiy mashg‘ulot, laboratoriya ishlarining bajarilishiga bo‘lgan e’tibor talabalarda mustaqil qarorlar qabul qilish, ularda shaxsiy fikrlarni bayon eta olish, ijodiy yondashish kabi xususiyatlarni shakllantiradi;

“Informatika o‘qitish metodikasi”, “Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” “Umumiy pedagogika”, “Umumiy psixologiya” va boshqa mutaxasislik fanlaridan o‘rganilgan bilimlar talabalarda boshqaruvchanlik faoliyatini vujudga keltirib, zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarni tushunib yetishga hissa qo‘shadi;

Oliy ta’lim jarayonining 3-kursida “Pedagogik amaliyot”, 4-kursdagi “Bitiruv oldi amaliyot”larni amalga oshirilishi bo‘lajak informatika o‘qituvchisini boshqaruvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib, pedagogik faoliyatni tashkil etish, tashkil etishdagi muammolar va ularni hal etish usullarini o‘rganadilar va shu kasbning haqiqiy egasiga aylanib boradilar.


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə