Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Jami: 18 V. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar



Yüklə 68,63 Kb.
səhifə7/8
tarix23.09.2023
ölçüsü68,63 Kb.
#123137
1   2   3   4   5   6   7   8
sirtqi 5-kurs

Jami: 18


V. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Mazkur fan bo’yicha talabalar mustaqil ta'limini tashkil etish uchun mustaqil ishning quyidagi shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi:
1. Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha konspekt tayyorlash. Modul texnologiyasining talablariga ko’ra talabaning yangi mavzuga oldindan tayyorgarlik ko’rib keladi. Ma’ruza materialni ‘uxta o’zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o’quv materialiga diqqatni ko’proq jalb etishga yordam beradi. Talaba kons’ekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi. Joriy nazorat sifatida baholanadi.
2. Ma'ruzalar matni bo’yicha ma’ruza bilimlarni o’zlashtirish. Odatda professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan ma'ruzalar matni mavzuning bir nechta adabiyotlar va o’z tajribasidan foydalangan holda qisqa, lo’nda, tartibli, sxemali bayonidan iborat bo’ladi. Bundan tashqari bunday tarqatma material talabalar mustaqil o’zlashtirishlari uchun berilgan ma’ruza materialni o’rganish tartibini belgilab beradi.
3. Modulni yakunlash. Talaba modul bo’yicha ma'ruza va amaliy mashg’ulotlar tugagach, bir hafta mobaynida ma’ruza bilimlarini berilgan savolnoma bo’yicha tartiblab, egallagan amaliy ko’nikmalarini namoyish yetish uchun modul texnologiyasi asosida tayyorlangan mustaqil ishlar to’’lamida keltirilgan o’z variantidagi topshiriqlarni bajaradi. Tayyorlangan referat asosida o’qituvchi yakka suhbat o’tkazadi. Oraliq nazorat sifatida baholanadi.
4. Fan bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o’rganish uchun berilgan mavzular bo’yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha o’quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va horijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi.
5. INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzulari, boblarini o’zlashtirish, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo’yicha INTERNET manbalarini to’ish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo’shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi.
6. Ma’ruza materialni mustaqil o’zlashtirish. Ma'ruza mashgulotlarida ma’ruza materialning ayrim masalalari talabalar uchun mustaqil o’zlashtirishga beriladi. Bunday mavzular talabalar bilimlar darajasini e'tiborga olib, o’quv adabiyotlarda to’liq yoritilgan savollardan tanlanadi. Talaba ma’ruza material bo’yicha konspekt tayyorlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Bunday ishlar joriy nazorat sifatida baholanadi.
7. Ta'limning faol metodlari asosida tashkil etilgan mashg’ulotlar. Ayrim ma'ruza, asosan amaliy, laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar o’quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan juft bo’lib, komandada, kichik guruhlarda ishlash, bahs, munozara, aqliy hujum, muammoli vazifalar, «Bumerang», klaster, konferentsiya kabi metodlardan foydalaniladi.
8. Test topshiriqlari. Kompyuter yoki tarqatma materiallar yordamida oraliq, yakuniy nazoratlarni tashkil etish; talabalarning o’z-o’zini nazorati; bir yoki bir nechta modul yakunida foydalaniladi.
9. Masofaviy ta'lim. Universitet kutubxonasi kompyuterlari, pedagog.uz portalining elektron kutubxonasi, INTERNET tarmoqidagi O’zbekiston, Rossiya oliy o’quv yurtlari elektron kutubxonalarining ma'lumotlar bankidagi klassik matematik adabiyotlar, elektron darslik va o’quv qo’llanmalar, ma'ruzalar matni, o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi metodik ishlanmalar va boshqalardan foydalanish.
10. Video-praktikumlar. Ko’p yillik metodik tajribaga ega professor-o’qituvchilar, malakaviy amaliyot davrida talabalar, maktab o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning video tasvirlarini tayyorlash va ularni tahlil qilib baholash, o’rganishdagi talabalar mustaqil faoliyati.
11. Tadqiqiy mustaqil ishlar Tadqiqot muammosini ko’ra olish malakasini, uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish, muammoning hal qilinish rejasini ishlab chiqish, uni hal qilishni mo’ljallaydi. Tanlangan mavzu bo’yicha o’quv mashg’ulotini loyihalash va uni amalga oshirish. Loyiha taqdimoti oralik nazorat shaklida baholanadi.
12. Ijodiy tadqiqot ishlari. Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo’ladi. Talaba o’z faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo’lgan holda masalaning hal qilinish yo’llarini qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo’yish, jihozlar, maketlar va dars ishlanmalarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi.
Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo`yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test yoki savol-javob o`tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko`rsatiladi va o`xshash misollar yordamida tekshiriladi.

  1. Ta’lim texnologiyasini tuzilishini tushuntirish

  2. Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang’ich sinf o’qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligini tushuntirish

  3. O’quv jarayonida axborot texnologiyalarnining asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq etish

  4. Word dasturida ishlashni tushuntirish

  5. Boshlang`ich sinf o‘qituvchilarini me`yoriy xujjatlarini tayyorlashda Word dasturidan foydalanishni o‘rgatish.

  6. Powerpoint dasturida ishlashni tushuntirish

  7. Powerpoint dasturi yordamida darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlashni o‘rgatish.

  8. Arxivlash dasturlari.

  9. Fayllarni axrivlash va arxiv fayllarni ochish

  10. Internet tarmoqlarida axborot makoni haqida tushuncha berish. Elektron pochtalar bilan ishlashni o‘rgatish.

  11. Informatikada modellashtirish haqida tushuncha berish

  12. Boshlang’ich ta’limda fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

  13. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

  14. Arifmetik amallarni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish

  15. Geometrik materiallarni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydala-nish

  16. Ulushga ko‘ra butunni, butunga ko‘ra ulushni topishga doir masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  17. Sodda masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  18. Murakkab masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  19. Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  20. Geometrik mazmundagi masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  21. Nostandart masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  22. Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  23. Tenglama tuzishga oid masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  24. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga savod o‘rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  25. Tovushlar va harflarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  26. So’z turkumlarini o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  27. O’qish darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  28. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  29. Jonajon o’lkamiz tabiatini o’ratishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish.

  30. Tabiatshunoslik darslarida ekologiya asoslarini o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  31. Mehnat darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  32. Qog’ozdan ko’gazmali qurollar yasashni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

  33. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini informatika ta’limiga tayyorlashni tushuntirish

  34. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining axborot savodxonligini shakllantirishni tushuntirish.

  35. Kompyuter qurilmalari haqida tushuncha berish.

  36. Kompyuterda foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish, texnik xavfsizlikni tushuntirish.

  37. Axborot turlari.axborotlarni kodlashtirishni o‘rgatish.

  38. Matnli va sonli axborotlar haqida tushuncha berish.

  39. Algoritmlar, ularning turlari, xossala-ri haqida tushuncha berish

  40. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish. Paint grafik redaktori bilan ishlashni o‘rgatish

  41. Multimediali ta’limni amaliyotga joriy tatbiq etish usullari, xususiyatlari

  42. Xorijiy mamlakatlarda boshlang’ich sinflarda informatika ta’limining tahlilini o‘tkatish.

  43. O’zbekistonda boshlang’ich sinflarda informatika ta’limining istiqbolli rejalari haqida tushuncha berish.


Yüklə 68,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə