Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə15/80
tarix25.03.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#103126
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Konfliktologiya. sirtqi lotin

Muammoni hal qilish. Bu usul barcha pedagog va o‘quvchini qanoatlan­tiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki pedagogik nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.
Ta’lim muassasida pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga keluvchi nizo "butun jamoaga" emas, balki "tanlangan" odamlargagina yomon ta’sir etishi mumkin. Bunday nizoni bir yo‘la, katta hajmda uddalash, bartaraf etish mumkin emas. Bu nizoni bartaraf etishda pedagog oqilligi, adolatliligi, madaniy saviyasi bilan hamkorlikka intilishi kerak. Ya’ni, ushbu nizoli vaziyatda mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida yechim­ni topishi lozim. Masalan, bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir: o‘quvchi yoki o‘qituvchini tan olishi; gapni bo‘lmay tinglash; o‘zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish; nizo jarayonidagi holatni o‘zga pedagog yoki o‘quvchi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash; muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish; mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish; murosa qilinayotgan oqibatni aniqlash; nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish; nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo‘l tanlash; hamkorlikda umumiy xulosa (murosa)ga kelish. Bunday yo‘l mashaqqatli, ammo oqilona yo‘ldir. Buning uchun tajriba kerak.
Hozirgi sharoitda o‘qituvchi faqat o‘z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhshunos (psixolog) va tarbiyachi bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, kasbiy etika fanlarini mustaqil egallashi kerak.
Guruh a’zolariga, har bir o‘quvchining qalbiga yo‘l topa bilish o‘qituvchining ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan o‘qituvchi o‘z jamoasi ichida ta’lim jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni o‘quvchi bilan, guruh o‘quvchilari bilan birga, yuqoridagilarga chiqarmasdan o‘zida hal qilishga qodir bo‘ladi.
Bunday o‘qituvchi o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qiladi, guruh oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Har bir nizoli vaziyatni pedagog bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak.


Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə