Qarshi davlat universiteti


Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə2/11
tarix03.02.2023
ölçüsü46,98 Kb.
#100116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MADINA OCHILOVA kurs ishi

Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.
Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi so‘z-mantiqiy tafakkur mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir.
Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgannazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz
darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi. Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni to‘g‘ri aks ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan, ob’ektga emas, affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

  1. V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkumi quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: ko'rgazmali-karakat, kо’rgazmali- obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar.

Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi.
Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o’z oldilarida turgan maqsadlami dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan vechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajraiib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog’langandir.
Ko’rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lug’atda" ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkuming bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o’zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqi! nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir boianing psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastawal sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib, to uning bog’cha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy harakatlami amalga oshiradi, amaliy bilimlami o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali-
harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan o’yinchoqlami qo’llari bilan bevosita ushlab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ulami idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va o’yinchoqlami o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bo’laklarga ajratilganlami yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ulami ob'ektni sindirib yoki buzib bo’lsa ham, ulaming ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli bo’ladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolami hal qilishda ko’pincha buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur

Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə