Qarshi davlat universiteti



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə10/11
tarix03.02.2023
ölçüsü46,98 Kb.
#100116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MADINA OCHILOVA kurs ishi

Aqlning pishiqligi – u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda har tomonlama bilishga intilish; tafakkur kengligi – bu savolni yaxlitligicha, shu bilan birga zarur bo‘lgan xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati. tafakkur kengligi inson dunyoqarashi va har bir hodisani boshqa hodisalar bilan turli aloqalarda ko‘rib chiqish qobiliyatida ifodalanadi. tafakkurning chuqurligi murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy holatni ikkinchi darajalilardan, zaruriyatni tasodifiydan ajratish malakasida ifodalanadi. tafakkur chuqurligigiga qarama-qarshi sifat bo‘lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam mayda-chuydalarga e’tibor qaratib, asosiysini ko‘rmaydi. tafakkurning mustaqilligi insonning yangi vazifalarni ilgari surishi va boshqalarning yordamidan foydalanmasdan ularning echimini topish malakasi bilan xarakterlanadi. Fikrning egiluvchanligi masalalarni echishda avvaldan qo‘llanilib kelayotgan usullarning ta’siridan holi bo‘lishda, sharoit o‘zgarganda harakatlarni tezda o‘zgartirish malakasida ifodalanadi. tafakkurning tezligi – insonning yangi vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, o‘ylab olgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati. aqlning sertashabbusligini insonning o‘ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab olib, qaror qilishga shoshishi, etarlicha o‘ylanmagan javoblar bildirishida ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim. Aqlning tanqidiyligi – bu inson o‘zining va boshqalarning fikrlarini ob’ektiv baholashi,ilgari surilayotgan nizomlar va xulosalarni izchillik bilan har tomonlama tekshirib chiqish malakasi. tafakkurning mantiqiyligi – tadqiq etilayotgan ob’ektning barcha ahamiyatli tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalarning qat’iy izchilligiga rioya qilish qobiliyati. tafakkurning isbotlanganligi – zarur vaqtda hukm va xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati. aql ijodkorligi – ijodkorlik tafakkuriga bo‘lgan qobiliyat. tafakkurning salbiy sifati uning rigidligi – hodisa mohiyatiga nisbatan xolis bo‘lmagan munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi baholarga berilganlik hisoblanadi.
Inson aqliy rivojlanganligining ko‘rsatkichi sub’ektning tashqi cheklovlar bilan bog‘lanmaganligidir.
Shunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari eqorida ko‘rib chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg‘unlikda ifodalanadi.
Tafakkur shakllanishi va rivojlanishida bir nechta bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga bo‘linishiga nisbatan yondoshuvlarning ko‘pchiligida inson tafakkuri rivojlanishining dastlabki bosqichi umumlashtirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda bolaning birinchi umumlashtirishlari amaliy faoliyatdan ajralmasdir, bu bolaning o‘zaro o‘xshash jismlar bilan bajaradigan bir xildagi harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bu intilish bola hayotining dastlabki yilining oxiriga kelib namoyon bo‘la boshlaydi. jismlarning alohida xossalarini bilgan holda ikki yoshli bola ma’lum amaliy masalalarni echa oladi. xuddi shunday, bir yoshu uch oylik bola narsalar solingan og‘ir qutini joyidan surish uchun narsalarning yarmini olib tashlaydi, so‘ngra zarur harakatni amalga oshiradi.
Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan bog‘liq. bola bilib olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. ular tez orada bola uchun umumiy ma’noga ega bo‘lib, bir jismdan ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. lekin ko‘p hollarda jism va hodisalarning qandaydir alohida belgilari bola o‘sha jismlarga nisbatan qo‘laydigan birinchi so‘zlar ma’nosini bildiradi. xuddi shunday, ko‘pincha «olma» so‘zi bolalar tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi jismlar bilan solishtiriladi.
Bola tafakkurining navbatdagi bosqichida bola bir xildagi jismni bir necha so‘zlar bilan atashi mumkin. bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va solishtirish tafakkur operatsiyasining shakllanishidan dalolat beradi.
Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining bir nechta ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan bog‘liqligidan iborat. bola harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyat – tafakkur aniqligida namoyon bo‘ladigan ko‘rgazmaliligidir.
Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. bu hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. amaliyotda tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy yo‘nalishlari mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi. ontogenetik yo‘nalish bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, tajriba yo‘nalishi  tafakkurni tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq.
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma'no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to’g’risida, absu akt tafakkur yordamida mulohaza borliq to’g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to’g’risida, go’zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi.
Hodisalami izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlami yoritib borish va shu bog’lanishlami nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlami nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob'ektlaming mohiyati, mazmuni mavjud bo’iishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ularning ahamiyati va funksiya hamda vazifalari izohlab beriladi.
Nazariy tafakkumi ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an'ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkuming umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlami muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, 5–7 yoshli bolalar muammoli vaziyatlarning echimini topishda masalaga tafakkurning uch xil formasi bilan yondashar ekan. Bular:
ko‘rgazmali - harakatli tafakkur;
ko‘rgazmali - obrazli tafakkur;
mantiqiy tafakkur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda asosan obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turi rivojlangan bo‘ladi. So‘z-mantiqli tafakkur turi esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda endi rivojlanish davrida bo‘ladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektini diagnostika qilish uchun, birinchi navbatda obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turlariga e'tibor qaratish kerak.
Biz bayon qilayotgan psixodiagnostik metodikalar tafakkurning aynan mana shu ikki turiga taalluqlidir.
Obrazli – so‘z-mantiqli tafakkur ham, ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ham o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar har xil topshiriqlar echimini izlash bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Mana shu bog‘lanishlar va munosabatlar tufayli bolalardagi obrazli – so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkurni diagnostikalash uchun, biz har ikkala tafakkur turining muhim jihatlarini inobatga olgan holda, ushbu tafakkur turlariga beshtadan metodika tavsiya qilamiz.
Kichik va katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektual taraqqiyot ko‘rsatkichlari yosh davrlari bilan bir-biridan farqlanishi sababli, ushbu metodik majmuaga 3 yoshdan 4 yoshgacha va 4 yoshdan 5 yoshgacha bolalarning yoshidagi farqlarni inobatga olgan holda alohida har xil variantlar kiritilgan.
Endi har ikkala tafakkur turiga tavsiya qilingan metodikalarga to‘xtalib o‘tamiz.
Pedagogik nuqtai nazardan qiziqarli bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va amaliyotda ko‘pdan-ko‘p muammolar keltirib chiqaradigan turi pedagogik muloqatning noverbal shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomalaga kirisha bilish, ziddiyatlarni oldini ola bilish, yuzaga kelgan tushunmovchilik va ziddiyatlarni o‘z vaqtida echa bilish, boshqa odam tomonidan o‘zini to‘g‘ri tushinishni va qabul qilishni ta’minlaydigan tarzda o‘zini tuta bilish, boshqa odamga o‘zining qiziqishlari va hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, muloqotdan o‘zi uchun yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati.
Insonning o‘z -o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon bo‘lgan qobiliyati, o‘zining xulq - atvoridagi faoliyatini boshqarishni bilishi, atrof-muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqat qilganda zarur bo‘lgan qobiliyatdir. Bu narsa bizni boshqa odamlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri tushinishimizni ta’minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklaridan qutilishga bo‘lgan layoqati, ya’ni muloqatga to‘siq bo‘ladigan, muloqat uchun zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikmalar shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Insonning kommunikativ qobiliyati rivojlantirish mumkin bo‘lgan jarayondir. Ularni shakllantirishda ijtimoiy- psixologik trening yaxshi natija beradi.


Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə