Qarshi filiali



Yüklə 169,45 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü169,45 Kb.
#145308
  1   2   3   4   5
1-Mustaqil ish





Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Qarshi filiali КI-17-21(s)-guruh talabasi
Nurmatov Bahodır Abdırauf o’g’lining
Diskret tuzilmalar” fanidan


MUSTAQIL ISHI




Topshirdi: B.A.Nurmatov
Qabul qildi: B.Y.Hayitov


Reja:



Kirish

  1. Natural sonlar to'plamiga akslantirish prinsipi. To'plamlar nazariyasining aksiomalari. Algebraik sistemalar

  2. Natural sonlar to’plamiga akslantirish printsipi.

  3. Algebraning ta’rifi va misollar, morfizmlar, faktor-algebra.

  4. Nyuton binomi. Binomial koeffietsientlarning xossalari. Hosil qiluvchi funktsiyalar va ularning kombinatorika masalalarini yechishga tatbiqi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
1. Natural sonlar to'plamiga akslantirish prinsipi. To'plamlar nazariyasining aksiomalari. Algebraik sistemalar
Matematikada juda xilma-xil to‘plamlarga duch kelamiz. Haqiqiy sonlar to‘plami, tekislikdagi ko‘pburchaklar to‘plami, ratsional koeffitsiyentli ko‘p hadlar to‘plami va hokazo. To‘plam tushunchasi matematikada tayanch tushunchalardan bo‘lib, unga ta’rif berilmaydi.
«To‘plam» so‘zining sinonimlari sifatida «ob’ektlar majmuasi» yoki «elementlar majmuasi» so‘z birikmalaridan foydalaniladi. To‘plamlar nazariyasi hozirgi zamon matematikasida juda muhim o‘ringa ega. Biz uning ayrim xossalarini o‘rganish bilan cheklanamiz. To‘plamlarni lotin alifbosining bosh harflari A,B,L, ularning elementlarini esa kichik - a,b,L harflar bilan belgilaymiz. «a element A to‘plamga tegishli» iborasi «a∈ A» shaklda yoziladi. «Aa∈/ » yozuv esa a element A to‘plamga tegishli emasligini bildiradi. Agar A to‘plamning barcha elementlari B to‘plamning ham elementlari bo‘lsa, u holda A to‘plam B to‘plamning qismi deb ataladi va A < B ko‘rinishda yoziladi. Masalan, natural sonlar to‘plami haqiqiy sonlar to‘plamining qismi bo‘ladi. Agar A va B to‘plamlar bir xil elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda ular teng to‘plamlar deyiladi va A = B shaklda belgilanadi. Ko‘pincha, to‘plamlarning tengligini isbotlashda A < B va B < A munosabatlarning bajarilishi ko‘rsatiladi ([1] ga qarang). Ba’zida birorta ham elementi mavjud bo‘lmagan to‘plamlarni qarashga to‘g‘ri keladi. Masalan, x2 +1= 0 tenglamaning haqiqiy yechimlari to‘plami, 2 ≤ x < 2 qo‘sh tengsizlikni qanoatlantiruvchi haqiqiy sonlar to‘plami va hokazo. Bunday to‘plamlar uchun maxsus «bo‘sh to‘plam» nomi berilgan va uni belgalashda Ш simvoldan foydalaniladi. Ma’lumki, har qanday to‘plam bo‘sh to‘plamni o‘zida saqlaydi va har qanday to‘plam o‘zining qismi sifatida qaralishi mumkin.
To‘plamlarning bo‘sh to‘plamdan va o‘zidan farqli barcha qism to‘plamlari xos qism to‘plamlar deb ataladi.
1.1. To‘plamlar ustida amallar. Ixtiyoriy tabiatli A va B to‘plamlar berilgan bo‘lsin. Agar C to‘plam faqatgina A va B to‘plamlarning elementlaridan iborat bo‘lsa, u holda C to‘plam A va B to‘plamlarning yig‘indisi yoki birlashmasi deyiladi va C = AU B shaklda belgilanadi. Ixtiyoriy (chekli yoki cheksiz) sondagi Aa to‘plamlarning yig‘indisi ham shunga o‘xshash aniqlanadi: Aa to‘plamlarning kamida biriga tegishli bo‘lgan barcha elementlar to‘plami bu to‘plamlarning yig‘indisi deyiladi va bu munosabatda U A shaklda belgilanadi. Endi A va B to‘plamlar kesishmasini ta’riflaymiz. A va B to‘plamlarning umumiy elementlaridan tashkil topgan to‘plam ularning kesishmasi deyiladi va AI B shaklda belgilanadi.
To‘plamlar yig‘indisi va kesishmasi aniqlanishiga ko‘ra kommutativ va assotsiativdir, ya’ni
AUB=BUA (AUB)UC=AU(BUC)
AIB=BIA (AIB)IC=AI(BIC)
Bundan tashqari, ular o‘zaro distributivlik qonunlari bilan bog‘langan
(AUB)IC=(AIC)U(BIC) (1.1 )
(AI B) UC = (AU C) I (B U C) (1.2)
Akslantirishlar. To‘plamlarni sinflarga ajratish
Funksiya tushunchasini umumlashtirish. Ma’lumki, matematik analizda funksiya tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: X sonlar o‘qidagi biror to‘plam bo‘lsin. Agar har bir x∈ X songa f qoida bo‘yicha aniq bir y = f (x) son mos qo‘yilgan bo‘lsa, u holda X to‘plamda f funksiya aniqlangan deyiladi. Bunda X to‘plam f funksiyaning aniqlanish sohasi deyiladi, bu funksiya qabul qiladigan barcha qiymatlardan tashkil bo‘lgan E( f ) to‘plam f funksiyaning qiymatlar sohasi deyiladi, ya’ni E( f ) = {y : y = f (x), x ∈ X}.
Agar sonli to‘plamlar o‘rnida ixtiyoriy to‘plamlar qaralsa, u holda funksiya tushunchasining umumlashmasi, ya’ni akslantirish ta’rifiga kelamiz. Bizga ixtiyoriy X va Y to‘plamlar berilgan bo‘lsin. Agar har bir x∈ X elementga biror f qoida bo‘yicha Y to‘plamdan yagona y element mos qo‘yilsa, u holda X to‘plamda aniqlangan Y to‘plamdan qiymatlar qabul qiluvchi f akslantirish berilgan deyiladi. Bundan keyin ixtiyoriy tabiatli to‘plamlar bilan ish ko‘ramiz (shu jumladan sonli to‘plamlar bilan ham), shuning uchun ko‘pgina hollarda funksiya termini o‘rniga akslantirish atamasini ishlatamiz. X to‘plamda aniqlangan va Y to‘plamdan qiymatlar qabul qiluvchi f akslantirish uchun f : X →Y belgilashdan foydalaniladi. Biz asosan quyidagi belgilashlardan foydalanamiz. N− natural sonlar to‘plami, Z− butun sonlar to‘plami, Q− ratsional sonlar to‘plami, R− haqiqiy sonlar to‘plami.
R+ = [0,∞), Z+ = {0}U N hamda Rn sifatida n− o‘chamli arifmetik Evklid fazo belgilanadi. Endi f : X →Y akslantirishga misollar keltiramiz.
2.1. f : R → R, f (x) = x 2 .
2.2. g : R → R, g(x) = [x]. Bu yerda [x] belgi x sonining butun qismi.
2.3. Dirixle funksiyasi D : R → R,
2.4. Riman funksiyasi R : R → R,
2.5. Ortogonal proyeksiyalash funksiyasi P : R2 → R, P(x, y) = x.
2.6. Sferik akslantirish S : R3 → R, S(x1 , x2 , x3 ) = x12 + x22 + x32 .
Yuqorida, 2.1-2.6 misollarda keltirilgan akslantirishlarning qiymatlar sohalarini toping Yechish. 2.1-misolda keltirilgan f : R → R akslantirishlarning qiymatlar
sohasi E( f ) = [0,∞) dan iborat. Chunki barcha x∈ R lar uchun x 2 ≥ 0 va
ixtiyoriy y∈[0,∞) uchun f ( y ) = y tenglik o‘rinli.
2.2-misolda keltirilgan g : R → R, g(x) = [x] akslantirishlarning qiymatlar
sohasi, aniqlanishiga ko‘ra E(g) = Z dan iborat.
Dirixle funksiyasi D: R → R ning qiymatlar sohasi, aniqlanishiga ko‘ra
E(D) = {0;1} ikki nuqtali to‘plamdan iborat.
Ma’lumki, matematik analizda funksiya tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: X sonlar o‘qidagi biror to‘plam bo‘lsin.

Yüklə 169,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə